109 dollarlik qulaylik: isitish tizimli ilk ustara namoyish qilindi

  •   Saroy
  •  523
  •  19.09.2018 12:00

109 dollarlik qulaylik: isitish tizimli ilk ustara namoyish qilindi

Gillette kompaniyasi laboratoriyasi isitish tizimiga ega “aqlli” ustaraning tajriba nusxasini namoyish qildi. Muhandislarning ta’kidlashicha, isituvchi element ustaraning qulayligini oshiradi va jarayonni soddalashtiradi.

O‘QING:Berlin, IFA 2018: kelajak texnikalari

Isitish darajasini o‘zgartirish mumkin, ya’ni istagan haroratga qo‘yishingiz mumkni. Ichida mittigina akkumulyator joylashgan, u maxsus magnit stansiyasidan quvvat oladi. Ustara korpusi suvdan to‘liq himoyalangan, shu bois uni hammomda bemalol ishlatsa bo‘ladi.

O‘QING:Artel maishiy texnikasi Bojxona ittifoqi bozorlariga chiqadi

Ustara hozircha sinovdan o‘tkazilmoqda, shuning uchun  Gillette kompaniyasi Indiegogo hududida  kraudfanding loyihasini ishga tushirdi va avvaldan buyurtma ham qabul qilmoqda. Quvvatlantirgich stansiyasi va to‘rtta almashtirsa bo‘ladigan kassetadan iborat ustara 109 dollar turadi. 2019 yil fevralda buyurtmalarni amalga oshirish boshlanadi, shuning uchun kutishga to‘g‘ri keladi.