120Hz AMOLED displey va Snapdragon 888 chipiga ega, 120 vattda quvvatlanuvchi iQOO 8 smartfoni taqdim qilindi

120Hz AMOLED displey va Snapdragon 888 chipiga ega, 120 vattda quvvatlanuvchi iQOO 8 smartfoni taqdim qilindi

iQOO brendi Xitoyda iQOO 8 Pro'dan so‘ng bazaviy iQOO 8 modelini ham taqdim qildi.

O‘QING: Snapdragon 870 chipi va 144Hz displeyli iQOO Neo5 Lite smartfoni taqdim qilindi

iQOO 8 va iQOO 8 Pro

iQOO 8 BOE tomonidan ishlab chiqarilgan, Full HD+ (2376x1080p) rezolyusiyali yassi AMOLED ekranga ega. Ekranning yangilanish chastotasi 120Hz'ga teng, ekranosti barmoq izi skaneri mavjud.

Har ikki smartfon ham iQOO smartfonlari orasida birinchilardan bo‘lib asosiy kamera uchun gimbal stabilizatoriga ega bo‘ladi. iQOO 8 modeli 48MP asosiy (Sony IMX598, f/1.79), 13MP ultrakeng (120°, f/2.2) va 13MP (f/2.46) portret kameralariga ega bo‘ladi. Old kamera esa 16MP (f/2.0) rezolyusiyali.

Smartfon Snapdragon 888 chipida ishlaydi. 4,350 mAs sig‘imli akkumulyator esa 120 vattda tezkor quvvat oladi.

5G SA/NSA, 4G VoLTE, Wi-Fi 6 (802.11 ax), Bluetooth 5.2, GPS va GLONASS, NFC kabi aloqa turlari qo‘llab-quvvatlanadi. USB Type-C va stereo karnaylar ham bor. Smartfon Android 11 bazasiga qurilgan OriginOS qobig‘ida ishlaydi.

iQOO 8 standart oq va qora ranglarda, shuningdek, BMW'dan ilhomlangan chiziqli Legendary Edition talqinlarida mavjud.

Smartfon narxlari quyidagicha:

• 8 GB tezkor, 128 GB doimiy xotirali talqin — 585 dollar;
• 12 GB tezkor, 256 GB doimiy xotirali talqin — 647.

Oldindan buyurtmalar allaqachon qabul qilina boshlandi. Sotuvlar 24 avgust kuni Xitoyda boshlanadi.

O‘QING: «iQOO 7, taxtni bo‘shat!» – AnTuTu’da yangi rekordchi paydo bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!