120Hz displey, 108MP kamera hamda Google xizmatlariga ega Honor 50 seriyasi taqdim qilindi

120Hz displey, 108MP kamera hamda Google xizmatlariga ega Honor 50 seriyasi taqdim qilindi

Huawei'dan ajralib chiqqan Honor o‘zining Honor 50 seriyasini taqdim qilib, kompaniya tarixida yangi sahifani ochdi. Honor 50 Pro, Honor 50 va Honor 50 SE smartfonlari bir yillik tanaffusdan so‘ng qadoqdan Google mobil xizmatlari paketiga bo‘ldi.

O‘QING: Honor 50 Pro namoyishdan oldin Geekbench testida, «jonli» video va suratlarda!

Lineyka tarkibidagi uchala smartfon ham 120Hz displey, 108MP asosiy kamera va 100 vattgacha tezkor quvvatlash imkoniga ega bo‘ladi.

Honor 50 va 50 Pro modellari Qualcomm'ning Snapdragon 778G chipi bilan jihozlangan ilk smartfonlar hamdir. Uchala model orasida Honor 50 SE hamyonboprog‘i bo‘lib, shunga mos ravishda, MediaTek Dimensity 900 platformasiga ega.

Uchala smartfon orasida eng yaxshisi, tabiiyki, Pro versiyadir. Smartfon 6.72 dyuym 10-bitli AMOLED displey, FHD+ rezolyutsiya va 120Hz yangilanish chastotasiga ega. Hapdori shaklidagi tirqish ichiga 32MP asosiy va 12MP ultrakeng selfi kameralar o‘rnatilgan. Ekranning namuna olish chastotasi 300Hz'ga teng, dinamik yangilanish chastotasi esa quvvat sarfi kamayishiga yordam beradi.

Standart Honor 50 esa 6.57 dyuym diagonalli ekran bilan jihozlangan. Displeyning asosiy texnik jihatlari Pro modelniki bilan deyarli bir xil, lekin standart Honor 50 bitta 32MP selfi kamara bilan ta’minlangan.

Korpusning orqa tomoniga o‘tsak, har ikki smartfon bir xil — aylanasimon ikkita kameraga egaligini ko‘ramiz. Tepadagi kamera 108MP rezolyutsiyali, 1/1.52 dyuym kattalikdagi linza bo‘lib, to‘qqizta pikselni bittaga binning qilish usulidan foydalanadi. Bunga hamroh kameralar esa 8MP ultrakeng hamda 2MP makro va sath kameralaridir. Honor, shuningdek, bir vaqtning o‘zida ham orqa kameradan, ham old kameradan videolar oluvchi Vlog rejimini ham maqtamoqda.

Ushbu smartfonlar Qualcomm'ning yangi Snapdragon 778G platformasida ishlovchi ilk qurilmalardir. SD778G chipi Kryo 670 CPU va Adreno 642L GPU'siga ega bo‘lib, bunda unumdorlik Snapdragon 780G chipinikiga teng. Tezkor xotira hajmi 8 yoki 12GBga teng.

O‘QING: HarmonyOS 2.0’ga o‘tuvchi 35 xil Honor smartfon va planshetlari

Qurilmalar Android 11 asosidagi magic UI 4.2 interfeysida ishlaydi. Xalqaro bozor uchun chiqarilgan talqinlar qadoqdan Google mobil xizmatlariga ega bo‘lishi kutilmoqda. Honor 50 Pro 4,000 mAs akkumulyator va 100 vatt simli quvvatlash tezligiga ega. Standart model esa 4,300 mAs akkumulyator va 66 vatt quvvatlanish tezligiga ega.

Honor 50 va Honor 50 Pro 25 iyundan boshlab Xitoyda oldindan sotila boshlaydi. Honor 50 422 dollar, Honor 50 Pro esa 578 dollar narxda sotiladi. Honor har ikki smartfon dunyo bo‘ylab 40 dan ortiq mamlakatda sotuvga chiqishini tasdiqlagan bo‘lsa-da, global sotuvlar boshlanish sanasi hozircha noma’lum.

Honor 50 SE

Honor 50 SE smartfoni 6.78 dyuymli yassi LCD ekranga ega bo‘lib, yangilanish chastotasi 120Hz'ni tashkil qiladi. 16MP selfi kamera tirqishi bor. Orqa paneldan 108MP asosiy, 8MP ultrakeng va 2MP makro kameralar o‘rin egallagan.

Honor 50 SE MediaTek'ning Dimensity 900 platformasi bilan ta’minlangan bo‘lib, 8/12GB operativ xotiraga ega.

Smartfon 4,000 mAs akkumulyator va 66 vatt tezkor quvvatlanish imkoniga ega. Qurilma Android 11 bazasidagi Magic UI 4.2 qobig‘ida ishlaydi. Narxi 375 dollardan boshlanadi. 2 iyuldan boshlab smartfonni Xitoyda sotib olish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Honor Play 5 smartfonining ba’zi jihatlari ma’lum bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!