Siri 14 yoshli qizning omon qolishiga sababchi bo‘ldi

Siri 14 yoshli qizning omon qolishiga sababchi bo‘ldi

AQShda ro‘y bergan Harvi to‘foni bois yuzaga kelgan noqulayliklar mobaynida Tayler va uning oilasi xarobaga aylangan, suv bilan o‘ralgan uyda qamalib qolishadi. Toshqin natijasida Taylerda surunkali kamqonlik kasali qo‘zib qoladi.

Og‘riqqa bardoshi yetmagan Tayler iPhone smartfonida Siri virtual yordamchisini ishga tushirib, undan qutqaruvchilarni yordamga chaqirishga yordam so‘raydi. Siri yaqin atrofdagi qutqaruvchilar guruhiga favqulodda xabarni yetkazgach, Tayler Frenk zudlik bilan Texas bolalar klinikasiga olib kelinadi.

Garchi, oila bor-budidan ayrilgan bo‘lsa ham, o‘zlari va qizlari omon qolganidan juda xursand. Bunda esa qisman Siri yordamchisining ham xizmati bor.

Bungacha Siri virtual yordamchisi Mayami sohillariga yaqin joyda adashib qolgan 3 nafar baliqchilarga, o‘tgan qish oyida esa jarohat olgan velosipedist-ekstremalga qutqaruvchilarni chaqirishlariga yordam bergan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!