16 oktyabr – dunyodagi ilk netbuk taqdim etilgan kun

16 oktyabr – dunyodagi ilk netbuk taqdim etilgan kun

2007 yilning 16 oktyabr kuni ASUS kompaniyasi jahondagi birinchi netbuk – Yeyeye PC 701 modelini namoyish qilgan edi. Ta’kidlash kerak, ushbu form-faktordagi qurilmalar mashhur iPad va turli planshetlardan bir necha yil oldin jahonga tanishtirilgan.

Netbuklar ixcham dizayni, ishonchliligi va ayniqsa arzon narxi tufayli iste’molchilar orasida keng ommalashdi.

“Netbuk”  atamasi ilk marotaba 2003 yilda Psion kompaniyasi tomonidan 7,7 dyuymli ekran va mobil StrongARM protsessoriga ega bo‘lgan netBook modelining nomida ishlatilgan. Ishlash mexanizmi jihatidan mazkur model bugungi gibridlardan katta farq qilmagan. Biroq unda joriy qurilmalardagi ko‘plab innovatsion funksiyalar ko‘zda tutilmagan edi.

ASUS Yeyeye PC 701 netbukiga bir yadroli 900 MGs chastotada ishlaydigan Celeron M353 protsessori, 7 dyuymli ekran, 4 GB doimiy xotira va bor-yo‘g‘i 521 MB tezkor xotira o‘rnatilgan. Windows platformasi o‘rnatilgan va o‘sha vaqtda $260 turadigan mazkur netbut arzon narxi va funksional xususiyatlari bilan ko‘pchilikning mehrini qozondi.

2010-2011 yillarga kelib planshet gibridlar asta-sekinlik bilan jahon bozorida netbuklarning o‘rnini egallay boshladi. Bugun planshet va kompyuter gibridlari hali-hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.