16 ta modulli bu g‘alati kamera fotografiyaning kelajagi

16 ta modulli bu g‘alati kamera fotografiyaning kelajagi

Shu yilning iyulida sotuvga chiqarilgan Light L16 kamerasi o‘zining torgina gavdasiga 16 ta sensorni sig‘dira olgani bilan hayratlanarli. Bir qarashda bu modullarning joylashuvi ham telbanamodek tuyiladi. Ammo, bu sensorlar bir vaqtning o‘zida yagona kadrni muhrlashi hisobga olinsa, g‘aroyib fotokameraning imkoniyatlari lol qoldirishi tayin.

Light.co kompaniyasi bu gadjetni yaratishi uchun 4 yil vaqt sarfladi. Devays ko‘rinishidan bugungi smartfonlardan farq qilmaydi. U olgan suratlar esa sifatda biz zo‘rg‘a ko‘taradigan raqamli professional kameralar bilan bellasha oladi.

Light L16 uchun alohida protsessor, linza hamda dasturiy ta’minot ishlab chiqarilgan.

Uning 70 va 150 millimetrli modullari 81 megapikselli suratlar oladi. Shuningdek, kamera yordamida ob’yektni 5 karra yaqinlashtirib ham suratga olish mumkin. Yorug‘lik past sharoitda ham maxsus rejimlar yordamida yorqin suratlar olish mumkin.

Quyidagi suratlarga qarab bu ilg‘or fotokameraga baho bering.

 

Light L16'ning savdoga chiqarilgan ilk partiyasi qisqa muddatda $1,699 dollardan sotib tugatildi. Yil oxiriga qadar yangi partiya sotuvga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!