19 dekabr kuni «Startap-tashabbuslari»ning final bosqichi bo‘lib o‘tadi

19 dekabr kuni «Startap-tashabbuslari»ning final bosqichi bo‘lib o‘tadi

19 dekabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot Dasturining «O‘zbekiston Respublikasi hudularida tadbirkorlik muhitini takomillashtirish» qo‘shma loyihasi tomonidan yurtimizda «Startap-tashabbuslari» yoshlarning startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan dasturining final bosqichi (Demo day) bo‘lib o‘tadi.

Dastur natijalariga ko‘ra bitiruvchi-jamoalar biznes-loyihalarini yanada rivojlantirish uchun manfaatdor tashkilotlar va investorlarni jalb qilish maqsadida, o‘z loyihalarini «Demo Day» (namoyish kunida) taqdim etishi rejalashtirilgan. Taqdimot kunida saralab olingan 16 ta loyiha namoyish etiladi. «Demo Day» yakunlari bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan beshta loyiha o‘z startaplarini rivojlantirish uchun beg‘araz sarmoya shaklida mablag‘ga ham ega bo‘ladilar.

O‘QING: «Startap-tashabbuslari» dasturining uchinchi bosqich ishini boshladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!