2 nanometrlik chiplar qachon ishlab chiqarilishi va sotuvga chiqish vaqti ma’lum qilindi

2 nanometrlik chiplar qachon ishlab chiqarilishi va sotuvga chiqish vaqti ma’lum qilindi

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Mur qonuni davri o‘z yakuniga yetayotganiga qaramay, ishlab chiqaruvchilar o‘z joylarida shunchaki qotib qolmoqchi emas. Mikrosxemalar yetkazish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridanr biri bo‘lgan TSMC kompaniyasi 2 nanometrlik texnoprotsesslarga asoslangan sxemalarni ishlab chiqarishga tayyorligi va bu qachon sodir bo‘lishini ma’lum qildi.

Xitoylik manbaalarning ma’lum qilishicha, TSMC vakili bo‘lmish Chjuan Sishouning tasdiqlashicha, 2 nanometrlik chiplarni yig‘ish liniyasi 3 nanometrlik mahsulotlarni yig‘ish konveyeri asosida shakllantiriladi. Ommaviy ishlab chiqarish ishlari 2022 yilga kelib boshlanishi ko‘zda tutilgan. Yangi yechimda yaratilgan chiplarni yetkazib berish vaqti esa 2024 yilga mo‘ljallangan. So‘ngi texnologiya haqidagi ma’lumotlar maksimal ravishda tarmoqqa sizib chiqmasligi uchun ishlab chiqarish kuchlari Tayvanga yo‘naltiriladi.

TSMC’ning ushbu harakatlari xuddi shu yo‘nalishda izlanish olib borayotgan, ammo qachon ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi hali beri noma’lum bo‘lgan Samsung bilan raqobatga kirishishi uchun zamin yaratishi kutilmoqda. Avvalroq, kompaniya 5 nanometrlik protsessor o‘rnatilgan ilk smartfonlar 2020 yilning iyunidayoq sotuvga chiqishi haqida ma’lum qilgandi. Eslatib o‘tamiz ushbu kompaniya mana qatorasiga uchinchi yildirki, Apple uchun yangi protsessorlarni eksklyuziv yetkazib beruvchisiga aylangan. 

O‘QING: Qualcomm ham «damini olsin»: hamyonbop MediaTek Helio M70 5G protsessori taqdim etildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!