Qualcomm ham «damini olsin»: hamyonbop MediaTek Helio M70 5G protsessori taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  1067
  •  29.05.2019 17:23

Qualcomm ham «damini olsin»: hamyonbop MediaTek Helio M70 5G protsessori taqdim etildi!

Kechagina Arm kompaniyasi yangi mahsulotlari – Arm Cortex-A77 protsessor yadrosi va Arm Mali-G77 grafik chipini rasman namoyish etgan edi. Bugun esa MediaTek kompaniyasi mazkur komponentlarni o‘z ichiga olgan chipsetini e’lon qildi.

O‘QING: Smartfon tanlashda nimalarga e’tibor qaratish lozim? (Protsessor)

Tayvan kompaniyasi taqdim etgan bu protsessor MediaTek Helio M70 5G deb ataladi va uning asosiy xususiyati nomidan ham anglashilib turibdi. Beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlay oluvchi bu chipset tarkibiga kirgan 5G-modem 6 GGs.dan past diapazonlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

MediaTek Helio M70 5G yetakchi chipsoz – Qualcomm’ning ayni damdagi barcha protsessorlaridan ham kuchlidir! Amerikalik kompaniyada hozircha 5G-modemli protsessor ishlab chiqarmagan, eng yangi Arm Cortex-A77 yadrolari haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi. Shu boisdan ham MediaTek mahsulotini hozirda eng ilg‘or mobil platforma hisoblanadi, ammo uning bazasidagi smartfonlar hali kelasi yil boshidagina taqdim etilishi aytilmoqda.

Bilsangiz kerak, ushbu kompaniya protsessorlari nisbatan arzon modellarda qo‘llanib keladi. MediaTek Helio M70 5G bazasidagi smartfonlar 500–600 dollarlik flagman modellar bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Ayni damda Qualcomm’ning eng ilg‘or protsessoriga ega bo‘lgan eng arzon flagman – Redmi K20 Pro narxidan kelib chiqib, tayvanlik chipsozning yangi protsessoriga ega smartfonlar ham kamida shu atrofda baholansa kerak.

O‘QING: Redmi K20 Pro: «katta iblis» Geekbench’da ham o‘z kuchini ko‘rsatdi!