200 dollarlik Xiaomi Redmi Note 5 suratlari hayratga soladi

  •   DiMaX
  •  3221
  •  21.11.2017 14:19

200 dollarlik Xiaomi Redmi Note 5 suratlari hayratga soladi

Redmi Note turkumidagi gadjetlar Xiaomi’ning eng ommabop qurilmalaridandir. Shuningdek, mazkur fabletlar narx va sifatning ajoyib uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan, deb yozadi AndroidInsider.

Avvalroq internetda ushbu turkumning navbatdagi avlodi – Xiaomi Redmi Note 5 modeli narxi 199 AQSh dollari bo‘lishi haqida xabar tarqalgan edi. Endi esa tarmoqda mazkur devaysning suratlari ham e’lon qilindiki, ular kishini hayratga sola oladi.

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 5 benchmarkda testdan o‘tdi, lekin natijalar shubhali...

Redmi Note 5 modeli diagonali 6 dyuymlik, burchaklari dumaloqlashtirilgan displeyga ega. Ekran tomonlarining o‘zaro nisbati ham nostandart.

Mazkur qurilma Snapdragon 625 protsessori, 3 gigabayt tezkor va 32 gigabayt ichki xotira bilan jihozlanadi. Uning asosiy kamerasi 12, old kamerasi esa 5 megapiksellik aniqlikka ega.

O‘QING: Taqdim etilmagan «qo‘shko‘z» Xiaomi Redmi Note 5 suratlari tarqaldi

Aytish kerakki, mazkur smartfonning nisbatan qimmatroq modifikatsiyalariga boshqa, ilg‘or protsessor o‘rnatilishi mumkin; axir, 2018 yilda chiqadigan gadjet uchun Snapdragon 625 baribir eski-da. Boshlang‘ich variant esa, 2018 yil nuqtai nazaridan qaraganda o‘rtacha samaradorlikka ega, ammo tashqi ko‘rinishi ajoyib – old panelni ekran deyarli butunlay qoplagan smartfon ishqibozlari uchun maqbul.

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 5 sirlari ochildi, suratlari sochildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!