200 vattda quvvat oluvchi smartfon taqdim etildi

200 vattda quvvat oluvchi smartfon taqdim etildi

Dunyodagi ilk 200 vattda quvvat oluvchi smartfon - iQOO 10 Pro modeli taqdim etildi. U bilan birga iQOO 10 smartfoni ham e’lon qilindi. Ushbu model esa 120 vattda zaryad oladi. 

Keling, yaxshisi smartfonlar bilan yaqindan. Birinchi Pro modeldan boshlaymiz.

iQOO 10 Pro

Ushbu smartfon ikki qismga ajralgan 4,700 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. To‘liq quvvatlanish uchun qurilma atigi 10 daqiqa vaqt sarflaydi. Quvvlash adapteri smartfon qutisi ichida bo‘ladi.

Gadjet, shuningdek, 65 vattgacha bo‘lgan USB Power Delivery (PPS) quvvatlagichlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma 50 vattda simsiz zaryad olishi hamda o‘zidan zaryad berishi mumkin. 

iQOO 10 Pro yangi Snapdragon 8+ Gen1 chipida ishlaydi. Chip avvalgi avlodiga qaraganda 10% yuqori unumdorlik hamda quvvat samaradorligini taqdim etadi. Shuningdek, u 8/12GB LPDDR5 tezkor va 256/512GB UFS 3.1 doimiy xotirasi bilan birikkan. 

Smartfon Android 12 operatsion tizimiga asoslangan OriginOS grafik qobig‘ida ishlaydi. Unga 1,440 x 3,200 piksel rezolyutsiyadagi ikki chetlari qayrilgan 6.78 dyuymli LTPO3 AMOLED displeyi o‘rnatilgan bo‘lib, u 120 gerts chastotada ishlaydi. 

Snapdragon 8+ Gen1 chipsetiga vivo V1+ chipi ham yordam beradi. Ushbu chip o‘yinlarning kadrlar tezligini oshirish uchun interpolyasiyadan foydalanadi, natijada ekranning yuqori yangilanish tezligini bir maromda ushlab turish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, chip quvvat sarfi haroratini nazorat qilib turadi. 

V1+ chipining yana bir vazifasi mavjud. U kameradan olingan tasvirlarni qayta ishlashga yordam beradi. Qurilmaga asosiy kamera sifatida 50MP GN5 sensori o‘rnatilgan bo‘lib, u f/1.88 diafragmada linzasi va gimbal stabilizatsiyasiga ega. Shuningdek, orqa paneldan optik stabilizatsiya va 3x zumni qo‘llab-quvvatlobchi 14.6MP telefoto va 150° ko‘rish burchakli 50MP ultrakeng kameralar o‘rin olgan. Old tomonda 16MP selfi kamera joylashgan. 

Qurilmaning romi alyuminiydan yasalgan. Smartfonda X-axis haptik dvigatel va stereo dinamik mavjud. Barmoq izini aniqlash uchun ultra tovushli skaner tanlangan, u barmoqni aniqlash uchun 0.2 soniya vaqt sarflaydi. 

iQOO 10 Pro modeli 26 iyul sanasida sotuvga chiqadi uning narxi taxminan quyidagicha:

8/256GB - 740 dollar

12/256GB - 815 dollar 

12/512GB - 890 dollar

iQOO 10

iQOO 10 ko‘p jihatdan Oro modelga o‘xshaydi. Uning narxi Pro modelnikidan pastroq, shunga yarasha, uning akkumulyator va kamera texnik ko‘rsatkichlari pasaytirilgan. 

Akkumulyator sig‘imi hamon 4,700 mAs, ammo bu yerda quvvlash tezligi endi 120 vatt. To‘liq quvvatlanish uchun qurilma 19 daqiqa vaqt sarflaydi. Ushbu model 65 vattgacha bo‘lgan USB Power Delivery tizimli PPS quvvatlagichlarni qo‘llab-quvvataydi, ammo simsiz quvvlash texnologiyasi mavjud emas. 

O‘zgarishlar kamera modulida davom etadi. Smartfonga Pro modelda bo‘lgani kabi 50MP GN5 sensori o‘rnatilgan, biroq u gimbal stabilizatsiyasi emas, balki oddiy stabilizatsiyaga ega. Ultrakeng kameraning ko‘rish burchagi 120° darajaga qisqargan, shuningdek, uning rezolyutsiyasi 13 megapikselga pastlagan. Qurilma telefoto kameraga ega, biroq u Pro modelinikiga qaraganda biroz oddiyroq, yani 12MP kamera 2x zumni qo‘llab-quvvatlaydi. Old paneldan xuddi o‘sha 16MP selfi kamera o‘rin olgan. 

Smartfon Snapdragon 8+ Gen1 chipida ishlaydi. Unga ham o‘yinlar va tasvir kadrlarini yaxshilovchi V1+ chipi o‘rnatilgan. Qurilma 8/12GB LPDDR5 tezkor va 128/256/512GB UFS 3.1 doimiy xotira bilan jihozlangan. 

Oddiy modelga ham 6.78 dyuymli E5 AMOLED displeyi o‘rnatilgan. Biroq displey rezolyutsiyasi biroz pasaytirilgan hamda unda LTPO texnologiyasi mavjud emas. Smartfon X-axis haptik dvigatel va stereo dinamiklar bilan jihozlangan. 

iQOO 10 modeli ham 26 iyulda sotuvga chiqadi. Uning narxi taxminan quyidagicha:

8/128GB - 550 dollar

8/256GB - 593 dollar

12/256GB - 638 dollar

12/512GB - 697 dollar 

O‘QING: Oppo Reno8 va Reno8 Pro modellari xalqaro bozor uchun taqdim etildi