2015 yilning eng zo‘r kashfiyotlari o‘nligi

2015 yilning eng zo‘r kashfiyotlari o‘nligi

Bundan bir yil oldin ham quyida sanaladigan 10 ta ixtironi ilmiy fantastika, bugungi kunda amalga oshmaydigan yangilik, deb baholashgan edi. Biroq bu farazlar va ishonchsizlik mazmunidagi fikrlar o‘zini oqlamadi. Demak, “kelajak texnologiyalari” sifatida noto‘g‘ri baholangan, ammo shu yilda jamoatchilik e’tiboriga havola qilingan kashfiyotlar o‘nligi bilan tanishing:

10. Dronlar uchun aeroport. Ha, bu “Yulduzlar jangi”ning yangi premerasi emas. Zamonaviy uchish apparati—dronlar uchun bugun ana shunday uchish-qo‘nish maydonlari barpo etilayapti. Birinchi dronlar aeroporti Ruandada (Afrika) qurildi. U turli vaziflarni bajaradi. Uchuvchisiz yuklarni yetkazib berishdan tortib, tezkor yordam ko‘rsatish kabilarni misol qilib keltirish mumkin.

9. «Aqlli» skovorod tova. Bu “aqlli” qurilmani barcha smartfonlarda mavjud bo‘lgan Bluetooth orqali boshqarish, istalgan ovqat tayyorlashni belgilangan me’yor va talablariga muvofiq “o‘rgatib qo‘yish” mumkin.

8. Okeanlar uchun changyutgich. Jahon okeanlarining ifloslanishi sayyoramizga xavf solayotgan global muammolardan biri sanaladi. Unga tashlanadigan turli sanoat chiqindilari suvlarning yaroqsiz holga kelishi va suv osti dunyosining zararlanishiga sabab bo‘lmoqda. Ocean Cleanup Project – bu qiymati $15 mln bo‘lgan texnologiya bo‘lib, okeanlarni turli chiqindilardan tozalashga yordam beradi.

7. Shaffof yuk tashish mashinasi. Fantastikaga o‘xshaydi-a? Biroq Samsung bu texnologiyani Argentinada ommalashtirmoqda. Ma’lumki, turli yirik trassalarda yuk tashuvchi mashinalar yo‘lni to‘sib, boshqa haydovchilar uchun ma’lum qiyinchilik tug‘diradi. Ko‘p hollarda yo‘l transporti hodislariga sabab bo‘ladi. Shaffof yuk mashinasi esa ana shunday baxtsiz voqealarning oldini olishga xizmat qiladi.

6. Virtual reallikka ega ko‘zoynak. Microsoft kompaniyasi Google Glass ko‘zoynaklaridan farqli bo‘lgan, virtual reallik bilan to‘ldirilgan qimmatbaho simmulyator—Microsoft HoloLens loyihasini ishlab chiqdi. Qurilma ayni dam NASAda, Marsning modellashgan yuzasida foydalanilmoqda. Uning narxi $ 3000.

5. Mundi kapsulalari. Bu g‘aroyib kashfiyot hayot uchun muhim ahamiyatga ega. Nodir kapsulalar Italiyada ishlab chiqilgan va yashil o‘rmonlarning rivojiga katta hissa qo‘shadi.

4. Hukmdorlik uzugi. Ha, aynan Apple kompaniyasi mashhur filmdagi uzukka o‘xshash qurilmani ishlab chiqdi. Apple iRing loyihasini fantastik g‘oyalarni reallikka joriy qilish, deyish mumkin. O‘ziga xos imkoniyatlari bilan uzuk foydalanuvchiga “hukmdorlik” hissini beradi.

3. Ko‘rinmas-plash. Nodir material, ya’ni inson ko‘ziga ko‘rinmaydigan matodan ishlangan plash kanadalik olimlar tomonidan yaratildi. Hozircha bunday turdagi liboslar ommalashmadi va bunday bo‘lishini kutish ham qiyin. Oqibatlarini yaxshi tasavvur qilasiz, nazarimizda.

2. Uchar skeytbord. Haqiqiy uchar skeytbordlarni Lexus kompaniyasi taqdim etdi. Hozircha bunday turdagi skeytbordda maxsus parklarda uchish mumkin. Mutaxassislarning fikricha, oddiy skeytlarda uchish yaqin kelajakda tarixga aylanadi.

1. Uchar mototsikl. Biz fantastik filmlarda ko‘p uchratadigan uchar bayklar hozirda seriyali tarzda ishlab chiqarila boshlandi va ularni kelasi yil savdoga qo‘yish rejalashtirilgan. Shu ketishda yaqin orada shaxsiy uchar transportlar davri boshlanadigan ko‘rinadi.