2016 yilda dunyoning eng zo‘r smartfonligiga da’vogarlar (I qism)

2016 yilda dunyoning eng zo‘r smartfonligiga da’vogarlar (I qism)

2015 yil mobil aloqa vositalari sanoatida muhim o‘zgarishlar yasaydigan texnologik yangiliklarga boy bo‘ldi. Ayniqsa, sentyabr oyida birin-ketin taqdim qilingan smartfonlarning qay darajada ommalashishi hozirdanoq taxmin qilinmoqda. Biz esa sizlarni ilk besh nafar bayroqdor smartfonlar bilan tanishtiramiz.

  1. Sony Xperia Z5 Premium

Taqdim qilingan vaqti: 2015 yil, noyabr.

Protsessor: 8 yadroli 64 razryadli Qualcomm Snapdragon 810| Operatsion tizim: Android 5.1 | Ekran o‘lchami: 5.5-dyuym (140.2 mm) |  Ekranning piksel sig‘imi: 2160 x 3840 | Bir dyuymdagi belgilar zichligi: 806 belgi |Tezkor xotira: 3GB | Qo‘shimcha xotira: 32GB | Akkumulyator: 3,430mAs | Orqa kamera: 23MP | Old kamera: 5.1MP | O‘lchami: 154.4 x 76.0 x 7.8 mm|Vazni: 181 gr | SIM layoqati: 1 dona, nano-sim | Rangi: och kulrang, qora, oltin | Aloqa tarmog‘i: GSM GPRS, UMTS HSPA (3G), LTE (4G)/ LTE (s4G) Cat 6 | Ulanish: aGPS, Bluetooth 4.1 simsiz texnologiyasi, DLNA, Wi-Fi, MHL 3.0, NFC, ANT|

Jahondagi ilk 4K ekranli smartfon. UHD displeyli 4K texnologiyasi tasvirni 2160 x 3840 pikselda ko‘rish, yozib olish va uzatish imkoniyatiga ega.

Full HD texnologiyasidan to‘rt marotaba sifatliroq bo‘lgan 4K Ultra HD texnologiyasiga ega ekrani tasvir ishqibozlarini o‘ziga maftun etishi tabiiy. Kamerada har qanday sharoitda tiniq surat olishni ta’minlaydigan  SteadyShot texnologiyasi mavjud.

Xperia Z5 kamera, suvga va chang ta’sirig chidamli, audio imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

Xperia Z5 Premium displeyidagi belgilar zichligi har dyuymga 806 tani tashkil qilishi tasvirning o‘ta aniqligini ta’minlaydi. Misol tariqasida aytamiz, bu aniqlik Full HD TV texnologiyasidagi televizorlardan 10 marotaba, aksariyat smartfon ekranlaridan 2 marotaba yaxshiroq degani. Surat va tasvirlarni kattaroq monitorda ko‘rish uchun Wi-Fi texnologiyasi yordamida televizorga ulash mumkin.

Qurilmadagi yoqish va o‘chirish tugmasi o‘z navbatida barmoq izlarining skaneri hisoblanadi. Uning yordamida tizimga osonlik bilan kirsa bo‘ladi.

Quick Charge 2.0 tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega qurilma quvvat toshi (akkumulyator)10 daqiqani ichida ham bir necha soatga yetadigan quvvat to‘play oladi. Uni to‘la quvvatlab 2 kun mobaynida muloqot qilish, film ko‘rish, musiqa tinglash mumkin.

Qurilmagan 200 GBgacha microSD tashqi xotiralarini o‘rnatish mumkin.

Qurilma Amazon.com internet do‘konida yetkazish xarajatlari bilan birgalikda $689.20 dollardan sotilmoqda.

Batafsil tavsif

www.olx.uz internet do‘konida esa Sony Xperia Z5 Premium dual qurilmasining narxi 700 AQSh dollariga baholangan.

  1. HTC One M9

Taqdim qilingan vaqti: 2015 yil, mart.

Operatsion tizim: Android 5.1 | Ekran o‘lchami: 5 dyuym | Ekranning piksel sig‘imi: 1920×1080 (FulldHD) | Tezkor xotira: 3Gb | Qo‘shimcha xotira: 32Gb| Rangi: Metallika-kulrang, sarg‘ish tillarang, kumush, pushti tilla rang, tillarang, pushti | Protsessor: Qualcomm Snapdragon 810 (MSM8994) | Akkumulyator: 2840mAs | Orqa kamera: 20.7MP | Old kamera: 4MP | O‘lchami: 144.6 x 69.7 x 9.6 mm | Og‘irligi: 157 g | SIM layoqati: 1 dona, Nano-SIM |  Aloqa tarmog‘i: GSM / CDMA / HSPA / EVDO / LTE | Ulanish:   WLAN,  Wi-Fi, DLNA, Bluetooth, GPS |

Garchi, 5 yulduzli standartga ega telefon hisoblanmasa ham, dizayni va ba’zi jihatlari bilan ko‘pchilikning diqqatini tortmoqda.

20.7 MP asosiy kameraning UltraPixel texnologiyasi suratga olishni nazorat qilishga yordam beradi. HTC Eye Experience orqali bir vaqtning o‘zida har ikkala kameradan foydalanish, ovozli boshqarish orqali selfiga tushish mumkin. Zoe dasturi videorolik va rasmlarni tahrir qilish, birlashtirishga yordam beradi.

Dolby laboratoriyasi bilan hamkorlikda tatbiq qilingan BoomSound texnologiyasi ovozning yuqori sifatini ta’minlaydi.

30 daqiqada quvvat toshi (akkumulyator)ni 60% ga to‘ldirishi kerak bo‘lgan QuickCharge 2.0 tezkor quvvatlash tizimiga ega bo‘lsa ham, qurilmaning quvvatlantirish bilan bog‘liq muammolarning borligi aytilmoqda.

Foydalanuvchilar tomonidan tajriba sifatida telefon apparatini to‘la quvvatlab 90 daqiqa full HD formatida video ko‘rilganida 31% quvvatning sarflangani aytilgan. 15 daqiqalik o‘yin esa qurilmaning 10% quvvatini yeb qo‘ygan.

Qurilmaning ochiq kodli versiyasi Amazon.com internet do‘konida yetkazish xarajatlari bilan birgalikda $450.58 dollardan sotilmoqda.

«Malika» savdo markazida NTS Desire One M9 telefon apparati 2016 yil 14 yanvar holatida 500 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Batafsil tavsif

  1. Nexus 6P

Taqdim qilingan vaqti: 2015 yil, sentyabr.

Operatsion tizim: Android 6 Marshmallow | Ekran o‘lchami: 5.7 dyuym | Ekranning piksel sig‘imi: 2560 x 1440 | Tezkor xotira: 3GB | Qo‘shimcha xotira: 32GB/64GB/128GB | Akkumulyator: 3,450 mAs | Orqa kamera: 12.3MP, video UHD (3840x2160 belgi) formatida | Old kamera: 8MP,  video FHD formatida | Platforma: Qualcomm Snapdragon 810 | Protsessor: 2 ta 4 yadroli Cortex-A53 (1.55 GGs) va Cortex-A57 (2 GGs)| Aloqa tarmog‘i: GSM/EDGE, WCDMA, LTE (nanoSIM) | Interfeys: Wi-Fi (a/b/g/n/ac), 2 diapazonli, Bluetooth 4.2 LE (A2DP, EDR), USB Type C quvvatlantirish va sinxronizatsiya porti (3.5 mm) | O‘lchamlari: 159.3 x 77.8 x 7.3 mm | Og‘irligi: 178 gramm | Ranglari: alyuminiy, grafit, xira tillarang |

Flagman turkumiga mansub bu qurilma alyuminiy va plastikdan ishlangan. Garchi, Google tvitter orqali bu qurilma displeyi Galaxy Note 5 displeyi bilan bir xilligini aytgan bo‘lsa ham, foydalanuvchilar tomonidan ba’zi nuqsonlar sabab bu jihat rad etilmoqda.

Qurilmaning barmoq izlarini skanerlash tizimida yaxshi usuldan foydalanilgan. Ya’ni, barmog‘ingizni skanerga bosishingiz bilan tizim ochiladi. iPhone qurilmalarining Touch ID texnologiyasida esa barmoqni yarim sekundcha bosib turish kerak.

Nexus seriyasidagi qurilmalarning eng katta afzalligi ularning Android 6.0 gacha bo‘lgan operatsion tizimlarni tezkor yuklab olish imkoniyatidir.

Qurilmani to‘liq quvvatlantirib, 5-6 kun o‘rtacha foydalanish yoki 9 soat mobaynida HD-video formatida video ko‘rish mumkin.

Nexus 6P e’lon qilinganida uning bahosi $499 dollar bo‘lgan.

Amazon.com internet do‘konida 32GB qo‘shimcha xotirali qurilma narxi 549 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Ayni kunda www.olx.uz internet do‘konida  mobil apparatning 64GB xotiraga ega versiyasi 520 AQSh dollariga baholangan.

Batafsil tavsif

  1. Samsung Galaxy S6 Edge+

Taqdim etilgan vaqti: 2015 yil, avgust.

Operatsion tizim: Android 5.1 | Ekran: 5.7 dyuym (143,9 mm)li Quad HD Super AMOLED (har dyuymda 518 ta belgi) | Ekranning piksel sig‘imi:  1440×2560 | Tezkor xotira: 4GB | Qo‘shimcha xotira: 32GB/64GB | Akkumulyator: 3000 mAs,  Li-Ion | Orqa kamera: 16MP, 4K video tasvir| Old kamera: 5MP | Protsessor: Exynos 7420, 4 yadroli | Interfeys: Bluetooth, LTE, Wi-Fi, Wi-Fi Direct, NFC, USB 2.0, ANT+ | O‘lchami: 154.4x75.8x6.9 mm | Vazni: 153 gramm |

Dunyoning ilk, ikki sohilli ekraniga ega telefon qurilmasi bugunda dunyoning eng ommalashayotgan qurilmalaridan biri. Undagi tasvir tiniqligi, tezkor faoliyat va ishonchli quvvat manbai chindan ham ajoyib. Qurilma 1.5 soatda batamom quvvatga to‘ladi. Uni to‘la quvvatlab 13 soat davomida video ko‘rish mumkin.

Amazon.com internet do‘konida qurilma 680 AQSh dollaridan sotilmoqda.

32Gb qo‘shimcha xotirali Samsung Galaxy S6 Edge Plus mobil apparati www.olx.uz internet do‘konidagi  620 AQSh dollariga baholangan.

  1. iPhone 6S Plus

Taqdim qilingan vaqti: 2015 yil, sentyabr.

Operatsion tizim: iOS 9 | Ekran o‘lchami: 5.5-dyum | Ekranning piksel sig‘imi: 1920 x 1080 (Retina HD IPS) | Tezkor xotira: 2GB | Qo‘shimcha xotira:16GB/64GB/128GB | Akkumulyator: 2750 mAs | Orqa kamera: 12MP | Old kamera: 5MP | Aloqa tarmog‘i: 2G/3G/4G | Protsessor: A9 | Interfeys: Wi-Fi, Bluetooth 4.2, Lightning porti (3.5 mm) | O‘lchami: 158,2 x 77,9 x 7,3 mm | Vazni: 192 gramm |

Apple’ning katta displeyli ikkinchi telefoni nozik didli ko‘ngillarni zabt etishda davom etmoqda. U  iPhone 6S’ning kattaroq talqini. Ammo unda o‘ziga xos jihatlar bor.

Full HD formatidagi ekranda tasvir ranglarga boy. Orqa kamera past yorug‘likda ham tasvirga olish imkonini beradigan optik tasvir barqarorligi funksiyasiga ega.

Shuningdek, qurilma akkumulyatorining mustahkamligi ham foydalanuvchilar olqishiga sazovor bo‘lgan.

Amazon.com internet do‘konida 16GB qo‘shimcha xotirali qurilma 704 AQSh dollaridan sotilmoqda.

“Malika” savdo markazida 128Gb qo‘shimcha xotirali iPhone 6S Plus qurilmasi 6.1 million so‘mga baholangan.

  1. Sony Xperia Z5

Taqdim qilingan vaqti 2015 yil, sentyabr.

Operatsion tizim: Android 5.1 | Ekran hajmi: 5.2-dyuym (FHD) | Ekranning piksel sig‘imi: 1920 x 1080 | Tezkor xotira: 3GB | Qo‘shimcha xotira: 32GB (200 GB.gacha) | Akkumulyator: 2,900 mAs | Orqa kamera: 23MP (4K formatidagi video tasvirga oladi) | Old kamera: 5.1MP | Aloqa tarmog‘i: 1 yoki 2 SIM-karta, GSM/EDGE, WCDMA, LTE (nanoSIM) | Platforma: Qualcomm Snapdragon 810 | Protsessor: 4x ARM Cortex-A57 MPcore + 4x ARM Cortex-A53 MPcore | Interfeys: Wi-Fi, Bluetooth 4.1, quvvatlantirish uchun microUSB (USB 2.0) porti (3.5 mm), barmoq izlari uchun datchik | O‘lchami: 146 x 72,1 x 7,5 mm | Vazni: 154 gramm |

Flagman sinfiga mansub qurilma suvga chidamlidir. U suv to‘la idishga tushganda ham, bundan xavotir olmasa bo‘ladi. Metall va shisha korpus jozibali dizaynga ega. Qurilma kamerasi avtofokus funksiyasiga ega. U Sony Xperia Z5 Premium’ning ixcham talqini va Sony Xperia Z5 Compact’dan katta.

Amazon.com internet do‘konida 32 GB qo‘shimcha xotiraga ega qurilma 550 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Daryo.uz’ning 2015 fil 2 dekabrda tarqatgan ma’lumotlariga ko‘ra, Sony Xperia Z5 taxminan 4 million so‘mdan sotilgan.

(Davomi bor)