2017 yil boshida Android Gingerbread va Honeycomb’da Google Play servislari to‘xtatiladi

2017 yil boshida Android Gingerbread va Honeycomb’da Google Play servislari to‘xtatiladi

Google Play servislari Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalardagi ilovalarni yangilashga xizmat qiladi. Google Play servislarisiz ilovalar ishlashdan to‘xtab qolishi mumkin.

Shu yilning oktyabr oyida Google mazkur servisning haligacha Android Gingerbread va Honeycomb versiyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan 10.0.0 raqamli so‘nggi versiyasini chiqargan.  Android Developers blogida yozilishicha, keyingi yilning boshida chiqariladigan 10.2.0 versiyasi esa faqat Android 4.0.1 Ice Cream Sandwich va undan yangiroq tizimlarga mo‘ljallanadi.

IXBT nashrida keltirilgan so‘nggi statistikaga ko‘ra, Android 2.3 Gingerbread jahondagi  Android dasturida ishlaydigan 1,3% qurilmalardagina mavjud. Android 4.0.1 Ice Cream Sandwich versiyasi ham xuddi shunday ulushga ega. Mazkur versiyalar mutanosib tarzda 2010 va 2011 yillarda chiqarilgan edi. Biroq hozircha Android 4.0.1 Ice Cream Sandwich dasturida Google Play servislarini qo‘llab-quvvtlash davom ettiriladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.