2017 yilning 15 ta eng zo‘r smartfoni aniqlandi – iPhone X kuchli uchlikka ham kira olmadi!

  •   DiMaX
  •  4205
  •  27.11.2017 18:33

2017 yilning 15 ta eng zo‘r smartfoni aniqlandi – iPhone X kuchli uchlikka ham kira olmadi!

Vaqti-vaqti bilan turli nashrlar, saytlar va tahliliy kompaniyalar smartfonlarning reytingini e’lon qilib borishlaridan xabaringiz bor. Kuni kecha taniqli TechRadar portali ham joriy yildagi 15 ta eng yaxshi smartfon o‘n beshtaligini e’lon qildi.

Unda eng yuqori ikkita o‘rinni Samsung kompaniyasining Galaxy S8 hamda S8 Plus flagmanlari egalladi. Janubiy koreyaliklarning bu ikki qurilmasi o‘zining dizayni, quvvati, ishlash tezligi hamda kamera sifati tufayli bunaqa muvaffaqiyatga erishgan. Samsung’ning yana bir flagmani – Galaxy Note 8 ham reytingda yaxshi joy egalladi – oltinchi o‘rin.

O‘QING: Samsung Galaxy S8: hozircha shundan yaxshisi yo‘q

Uchinchi pog‘onani esa Google’ning Pixel 2 smartfoni band etdi – uni barcha flagmanlar orasida eng kuchli kamerasi hamda ajoyib ekrani tufayli shunaqa e’tirof etishdi. Mazkur ishlab kompaniyaning Pixel 2 XL modeli ham 11-o‘rin bilan ro‘yxatga kirgan. Umuman olganda, chakki emas-a?

O‘QING: Xushxabar: kuni kecha taqdim etilgan Pixel 2 va Pixel 2 XL uchun hoziroq buyurtma berish mumkin!

Apple’ning yubiley ayfoni – iPhone X esa to‘rtinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. Mazkur superflagman qoyilmaqom displeyi hamda ilg‘or xususiyatlari tufayli maqtovga loyiq bo‘lsa-da, narxi o‘ta yuqori ekanligi tanqid qilindi. iPhone 8 Plus mazkur ro‘yxatda atigi to‘qqizinchi o‘rinni egallay olgan bo‘lsa, iPhone 8 oxirdan ikkinchi pog‘onagagina munosib ko‘rilgan.

O‘QING: iPhone X tannarxi hisoblandi: qiymatning 74 foizi Apple’ning foydasi ekan!

Huawei ham bu ro‘yxatga o‘zining ikkita smartfoni bilan kirgan – beshinchi o‘rindagi Mate 10 Pro hamda 15-pog‘onani egallagan Honor 9 modellari. Yettinchi va sakkizinchi o‘rinlarni LG kompaniyasining V30 hamda LG G6 gadjetlari band etgan bo‘lsa, yaqinda taqdim etilgan OnePlus 5T o‘ninchi pog‘onadan o‘rin olgan. Shuningdek, Sony Xperia XZ Premium hamda HTC U11 devayslari tegishlicha 12 va 13-o‘rinlarga loyiq ko‘rilgan.

O‘QING: Xitoyda eng ommabop premium-smartfon aniqlandi, ammo bu iPhone X emas...

Xullasi kalom, TechRadar talqiniga ko‘ra, joriy yilning 15 ta eng zo‘r smartfoni reytingi quyidagicha ko‘rinish olgan:

  1. Samsung Galaxy S8
  2. Samsung Galaxy S8 Plus
  3. Google Pixel 2
  4. iPhone X
  5. Huawei Mate 10 Pro
  6. Samsung Galaxy Note 8
  7. LG V30
  8. LG G6
  9. iPhone 8 Plus
  10. OnePlus 5T
  11. Google Pixel 2 XL
  12. Sony Xperia XZ Premium
  13. HTC U11
  14. iPhone 8
  15. Honor 9

Ta’kidlash kerakki, mazkur reyting TechRadar sayti tomonidan tuzilgan va nisbiy xarakterga ega. Mazkur yondashuvga qo‘shilish yoki qo‘shilmaslik har birimizning o‘z ixtiyorimizda.

O‘QING: Meizu yoki Xiaomi: kimning smartfoni yaxshiroq?