2018 yili iPhone X’ga o‘xshash iPad chiqadi: Face ID bor, «Home» tugmachasi yo‘q!

  •   DiMaX
  •  1122
  •  09.11.2017 14:07

2018 yili iPhone X’ga o‘xshash iPad chiqadi: Face ID bor, «Home» tugmachasi yo‘q!

Apple kompaniyasi o‘zining iPhone X smartfoni yutuqlaridan ilhomlanib, endi uning bir nechta xususiyatlarini ham o‘zida jamlagan yuqori toifali iPad planshetini tayyorlamoqda. Bu haqda, vaziyatdan xabardor manbalarga tayangan holda, Bloomberg nashri xabar bermoqda.

Kutilayotgan planshet, aftidan, iPad Pro turkumiga kiradi, ammo oldingi versiyalaridan ancha farq qiladi. U nozik romli dizaynga, foydalanuvchini yuzidan taniydigan Face ID tizimiga ega bo‘ladi. Shuningdek, «yubiley ayfoni»dagi singari, yangi planshet ham «Uyga» tugmachasidan va barmoq izi skaneridan mahrum etiladi.

O‘QING: Diqqat, sensatsiya: Apple endi «iPad X» tayyorlayapti!

Xabarda aytilishicha, yangi planshet ekranida OLED texnologiyasiga o‘tilishi ehtimoli kam. Xuddi iPhone X flagmanidagi kabi, kutilayotgan qurilmaga ham Apple’ning tezlashtirilgan protsessori o‘rnatiladi.

Planshet bilan bir qatorda yangilangan Apple Pencil stilusi ham tayyorlanmoqda, deyiladi xabarda. Unda qo‘llanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi yangi dasturiy jihozlar ham bo‘ladi.

O‘QING: iPhone uchun Apple Pencil stilusini yaratishadi

iPhone X uslubidagi planshet 2018 yilda taqdim etilishi aytilayotir.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!