2019 yilda Meizu 17 chiqmaydi, o‘rniga...

  •   Saroy
  •  1249
  •  22.08.2018 10:18

2019 yilda Meizu 17 chiqmaydi, o‘rniga...

Meizu 16th  va Meizu 16th Plus flagmanlari chiqqaniga hali ikki hafta o‘tgani yo‘q, lekin Meizu rahbari Jek Vong (Xuan Syuchjan) kompaniyaning kelgusi top apparati haqida dastlabki ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Manbada keltirishicha, yangi Meizu flagmani  Meizu 17 emas, balki Meizu 16S deb ataladi. Qurilma NFC-moduli (ishonish qiyin!), shishali qopqoq va simsiz zaryadka bilan ta’minlanadi. Aparat taqdimotining sanasi noma’lum, ammo mish-mishlarga qaraganda kelasi yil may oylarida chiqib qolsa kerak. Flagman va uning tavsiflari u yoqda tursin,  hatto narxi ham hozircha aniq emas.

O‘QING:Meizu 16’ni buzib ko‘ramiz: xo‘sh, xitoylik flagman o‘zida nimalarni yashirmoqda?

Nima bo‘lganda ham, kelasi yili Meizu’dan zamonaviy, nisbatan arzon, kuchli va funksiyalarga boy Snapdragon 855 protsessorida ishlaydigan smartfon kutib qolamiz. Qurilmaning tashqi ko‘rinishi kelgusi bozor tendensiyalariga bog‘liq bo‘ladi, albatta. Bozor tendensiyasini esa Apple’ning sentyabrda namoyish etiladigan yangi flagmani belgilab bersa kerak. Ehtimol, Meizu 16S’ning tashqi ko‘rinishi kelasi yili yanvarda taqdimoti kutilayotgan egiluvchan Samsung Galaxy X va fevralda namoyish etiladigan Galaxy S10 apparatlarining tashqi ko‘rinishidan kelib chiqilib ishlanar. Ko‘ramiz, kutaylikchi!

O‘QING:MEIZU 16 va MEIZU 16 PLUS: yilning eng yengil, eng yupqa va eng kuchli flagman smartfonlari