2021 yilda 7 milliondan ortiq iste’molchilar avtomatlashtirilgan tizimga to‘liq ulanadi!

2021 yilda 7 milliondan ortiq iste’molchilar avtomatlashtirilgan tizimga to‘liq ulanadi!

2021 yil yakuniga qadar elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi qamrovini abonentlar umumiy sonining 100 foizigacha etkazilishi belgilangan.

Prezidentimiz tomonidan 2018 yil 23 oktyabrda imzolangan «Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan 7 milliondan ortiq iste’molchilarning barchasi elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadi. Bu haqda «O‘zbekenergo» AJ ma’lum qildi.

O‘QING: 2021 yildan boshlab amaldagi pasport o‘rnini ID-karta egallaydi!

Avtomatlashtirilgan tizim iste’molchi bilan ta’minotchi o‘rtasida aniq hisob-kitob yo‘lga qo‘yish orqali ishlaydi. Ya’ni, iste’molchi o‘zining hisobi (balansi) holati bo‘yicha doimiy xabardor etib boriladi. Bordiyu, qarzdorligi mavjud iste’molchi bo‘lsa, unda u tizimdan o‘chiriladi. To‘lovni vaqtida amalga oshiradigan iste’molchilarga esa uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi etkazib berilishi to‘liq ta’minlanadi. Bundan tashqari, iste’molchilarga etkazib berilayotgan elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilish imkoniyati ham yuzaga keladi.

O‘QING: Xitoy 2026 yilgacha yerning barcha aholisini bepul internet bilan ta’minlaydi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!