2021 yildan boshlab amaldagi pasport o‘rnini ID-karta egallaydi!

2021  yildan boshlab amaldagi pasport o‘rnini ID-karta egallaydi!

2021 yildan boshlab, mamlakatimizda amaldagi pasport tizimi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma va boshqa shu turdagi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (haydovchilik guvohnomasidan tashqari) o‘rniga identifikatsion kartalarni (ID-karta) kiritish tizimi yaratilishi rejalashtirilgan. Ushbu identifikatsion kartalarda har bir fuqaroning yagona identifikatsion raqami va shaxsiy ma’lumotlari joylashtiriladi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Qo‘shimcha tarzda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti uning egasi shaxsi va fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanishi va undan respublika hududida umumfuqarolik hujjati sifatida 2021 yilning 1 yanvar kuniga qadar foydalanilishi belgilangan.

O‘QING: O‘zbekistonda innovatsion allergiya pasporti yaratildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!