2021 yilgacha O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot faoliyatlari uchun davlat mablag‘lari oshiriladi

2021 yilgacha O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot faoliyatlari uchun davlat mablag‘lari oshiriladi

Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarov 2021 yilgacha ilmiy-tadqiqot faoliyatlari uchun davlat mablag‘larini YaIM ning 0.21 % i dan 0.8 % gacha oshirish vazifasi yuklatilganligini o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida fuqarolarning taklif va mulohazalari bilan faol ishtirok etishini so‘ragan murojaatida bayon qilgan.

Shuningdek, Azimjon Nazarov innovatsion rivojlanishni ko‘zlagan har bir davlat e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan eng muhim jihatlardan biri - ilmiy-tadqiqot faoliyatini moliyalashtirish ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

Misol uchun, ayrim dunyo mamlakatlarining ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun moliyalashtirish “manzara” sini quyida ko‘rishingiz mumkin.

панорама

 

Azimjon Nazarov murojaatida ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish va moliyalashtirish tizimlarini takomillashtirishda fuqarolar o‘z taklif va mulohazalari bilan faol ishtirok etishini so‘ragan.Takliflarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.
O‘QING: Intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirishni tartibga solishga qaratilgan bitim imzolandi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!