2021-yilgi Android'lar qaysi yadrolarda ishlaydi?

2021-yilgi Android'lar qaysi yadrolarda ishlaydi?

Kecha ARM kompaniyasi flagman smartfonlar uchun chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan yaqin kelajakdan boshlab ishlatiluvchi yangi CPU haqida batafsil ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, hozirgi protsessorlarning anchayin takomillashgan varianti bo‘lgan Cortex-A78 va Cortex-X1 CPU'lari ishlab chiqarila boshlaydi.

Avval Cortex-A78 haqida ma’lumot bersak. Bu yadro ARM'ning hozirda mavjud eng tezkor yadrosi — Cortex-A77'ning davomchisi bo‘ladi. Cortex-A78 bir xil quvvat sarflagan holda Cortex-A77'ga qaraganda 20% samaraliroq bo‘ladi.

Cortex A78, shuningdek, A77'ga nisbatan hajm jihatidan 15% kichikroq hamdir.

Cortex-X1'ga to‘xtalsak esa aytish mumkinki, bu yadro ARM'ning yangi CPU yadrolari lineykasini boshlab berdi. Ushbu yadro dizayni ARM'ning CXC dasturi mahsulidir. Dastur doirasida kompaniya hamkorlar bilan birgalikda maxsus yadrolar ishlab chiqarishni boshlagan.

Cortex X-1'ning maksimal ishlash darajasi Cortex-A77'nikidan 30% yuqoriroq, yangi Cortex-A78'ning butun qiymat kalkulyasiyalaridan esa 23% tezroqdir. Bunga qo‘shimcha, ushbu yadroning mashinaviy o‘rganish qobiliyatlari ikki barobar ko‘proqdir.

X1 A78'ga nisbatan hajman katta bo‘lgani va ko‘proq energiya sarflagani boisgina yadro bunday natijalarga erisha oladi. Bitta smartfon CPU'sida faqatgina bitta Cortex-X1 yadrosi bo‘ladi. 4 yadroli CPU'ning konfiguratsiyasi quyidagicha bo‘lishi ehtimoli juda yuqori: bitta Cortex-X1 va uchta Cortex-A78 yadrolari.

Grafik protsessori borasida esa ARM Mali-G78 va G68 GPU'larini taqdim qildi. Mali-G78 GPU'si Mali-G77dagi kabi Valhall arxitekturasiga asoslangan, ammo ba’zi o‘rinlarda G77'dan ko‘ra 25% gacha tezroq ishlaydi va 24 tagacha yadro dizaynini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa o‘yinlar o‘ynashdagi tezlikda 17% lik real o‘sish demakdir. Mali-G68 esa Mali-G78'ning barcha xususiyatlariga ega, ammo unga nisbatan kamroq yadro dizaynlarini qo‘llab-quvvatlaydi; G78'dan kichikroq, ammo samaraliroq.

O‘QING: Redmi K30i 5G namoyish qilindi – Snapdragon chipli eng arzon 5G-smartfon!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!