2035 yilda videokartalar qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi? (+Fotojamlanma)

2035 yilda videokartalar qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi? (+Fotojamlanma)

Intel kompaniyasi diskret videokartalar bozoriga kirishga harakat qilishni boshlaganiga ko‘p bo‘lmadi va hozircha uning bozorda qanday rol o‘ynashi noaniq. Biroq kompaniya imkon topdi deguncha, GPU bozori o‘zi uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab kelmoqda. Computex 2019 ko‘rgazmasida ham Intel o‘z rejalarini aytib o‘tishni esdan chiqarmadi va buni original ko‘rinishda ifodalab berdi.

Kompaniyadagilar biroz fantaziya qilgan holda, -kartalar 15 yildan so‘ng qanday ko‘rinishini ifodalovchi konseptlar jamlanmasini namoyish qildi. Ushbu renderlar taniqli dizayner Krishtianu Sikeyra (Cristiano Siqueira) ga tegishli. To‘g‘rida, hammaga ham videokarta chizishni ishonib topshirib bo‘ladimi!

Intel Prometheus Concept

Intel Gemini Concept

Intel Oblivion Concept

Intel Sirius Concept

Intel Andromeda Concept

Так будут выглядеть видеокарты в 2035 году: Intel показала несколько концептов

Suratlar original chiqqan, ammo baribir haqiqatdan ancha yiroq ko‘rinmoqda. Sababi, 15 yildan keyin ham PCIe x16 sloti hamda unga mo‘ljallangan ulkan tirqish saqlanib qolishi amri mahol. Shuningdek, katta ehtimol bilan qo‘shimcha quvvatlash uchun tirqish va sovutish parragi ham korpusni tark etishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, nafaqat vizual ko‘rinishni, balki texnik xususiyatlarni ham inobatga olib o‘tish lozim edi. Boshqa tarafdan, 2035 yil videokartalari suratlaridagi Intel yozuvi kompaniyaning ushbu segmentda o‘zi uchun mustahkam joyni ko‘zlab qo‘ygani haqida so‘zlamoqda. Ko‘ramiz, kompaniyaning 15 yillik bashorati to‘g‘ri chiqarmikan.

O‘QING: «Yer 2050-da»: kelajak shaharlari qanday bo‘ladi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!