23 avgustda taqdim etiladigan 10 GB «operativka»li ilk smartfonni «jonli» suratlar va videoda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  2274
  •  16.08.2018 11:57

23 avgustda taqdim etiladigan 10 GB «operativka»li ilk smartfonni «jonli» suratlar va videoda ko‘ramiz!

Vivo turli ilg‘or texnologiyalarga boy smartfonlari bilan hammani hayron qoldirib kelayotganidan xabaringiz bor. Ushbu kompaniya keyingi haftaga – 23 avgust kuniga matbuot anjumani belgilagan.

O‘QING: Apple va Samsung uddalay olmagan texnologiyani Vivo amalga oshirdi

Xitoydagi manbalarning ta’kidlashicha, Vivo ushbu tadbirida tezkor xotirasi hajmi naq 10 gigabaytga teng bo‘lgan dunyodagi birinchi smartfonni rasman taqdim etadi.

Taxminlarga ko‘ra, bu yerda gap Vivo X23 smartfoni haqida ketmoqda. Shu kunlarda internetda uning «jonli» suratlari ham tarqaldi.

Mazkur devaysning displeyi tepasida tomchisimon (aniqrog‘i – teskari tomchi shaklidagi) «kemtik» bor. Avvalroq «sizib chiqqan» xabarlarga qaraganda, Vivo X23 modeliga yakka kristalli Snapdragon 670 yoki Snapdragon 710 protsessori o‘rnatiladi. Ammo smartfonga bu chiplardan biri bilan bunchalik katta hajmli tezkor xotira o‘rnatishdan biror ma’no chiqmaydi. Ehtimol, kompaniya ushbu modelning Snapdragon 845 protsessorli ilg‘or versiyasini ham taqdim etar.

O‘QING: Vivo’ning yana bir rekordchi – 10/512 gigabaytlik smartfoni tayyor!

Shuningdek, yangi gadjet diagonaliga 6,4 dyuymlik ekran bilan jihozlanishi ham ma’lum. Uning displeyiga esa, tabiiyki, barmoq izi skaneri ham integratsiya qilinadi.

Vivo X23’ning qo‘sh modulli bosh kamerasi uch karrali optik zumga ega bo‘lishi ham aytilayotir.

Shuningdek, IT. TECH kanali mazkur smartfonning konsepti videosini ham e’lon qilgan. Mana, ularning tasavvurida Vivo X23 quyidagi dizayn va xususiyatlarga ega bo‘ladi:

Nima bo‘lganda ham, taqdimotgacha oz vaqt qoldi – bu orada Vivo X23 haqida yangi ma’lumotlar, uning surat va videolari chiqib qolsa kerak. Ulardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lib borish uchun bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Xitoydagi eng ommabop smartfonlar reytingi: Galaxy S9 ikkinchi o‘rinda, iPhone X esa judayam pastda...