240 Vt tezlikda quvvatlanadigan ilk smartfon rasman taqdim qilindi

240 Vt tezlikda quvvatlanadigan ilk smartfon rasman taqdim qilindi

Intizorlik bilan kutilayotgan Realme GT Neo 5 smartfoni, vanihoyat, Xitoyda rasman taqdim qilindi. U 240 Vt tezlikda quvvatlanadigan dunyodagi birinchi smartfon bo'lib, uning orqasidagi kamera yonida 25 xil RGB ranglarida tusini o'zgartira oladigan LED chirog'i bor.

Realme'ning 163.85×75.75 mm o'lcham, 8.9 mm qalinlik va 199 gramm og'irlikdagi GT Neo 5 smartfoni 6.74 dyuymli, 144 gerts yangilanish tezligi, hamda 1400 nits maksimal yorug'lik taklif qila oladigan 2772×1240 piksel rezolyutsiyasidagi OLED ekran bilan jihozlangan bo'lib, uni o'rab turgan qora ramkaning pastki jag'i qalinligi 2.31 millimetrni tashkil qiladi.

Kapot ostiga qaraydigan bo'lsak, qurilma Snapdragon 8+ Gen 1 chipiga ulangan 8/12/16 GB (LPDDR5X) operativ, hamda, 256/512 GB/1 TB (UFS 3.1) doimiy xotira bilan Android 13'ga asoslangan Realme UI 4.0 operatsion tizimida ishlaydi.

Flagman 150 Vt tezlikda zaryadlanadigan 5000 mA/soat (16 daqiqada 100%) batareyali va 240 Vt tezlikda zaryadalanadigan 4600 mA/soat batareyali modellarda chiqarilgan – aytish kerakki, bu USB Type-C porti orqali qo'llab-quvvatlanadigan eng tez zaryadlanish tezligi hisoblanadi. Kompaniyaning ta'kidlashicha, 240 Vt SuperVOOC tezkor zaryadlanishi bilan siz atigi 30 soniyada 1 soat onlayn video tomosha qilish yoki 2 soatgacha telefonda gaplashish yoki 3 soat musiqa tinglash imkonini beradigan quvvat olishingiz mumkin. Bunda smartfonni 80 soniyada 20% gacha, 4 daqiqada 50% gacha, 9.5 daqiqada esa 100% gacha quvvatlab olishingiz mumkin.

Surat va videoga olish borasida Realme GT Neo 5 orqa tomonida uchlik kameraga ega. Ularning asosiysi OIS texnologiyasiga ega bo'lgan 50 megapikselli (f/1.88) Sony IMX890 sensori bo'lsa, ikkinchisi 8 MP (f/2.2, 112°) ultra-keng, uchinchisi esa 2 MP (f/3.3) makro sensor. Selfilar uchun esa old ekranning yuqori markazidagi teshikdan 16 MP (Samsung S5K3P9, f/2.45) kamera o'rin olgan va u 1080p&30fps, hamda, 720p&30fps rejimlarida video tasvirlar ola oladi.

Kameradan uzoqlashmaymiz. Uning yonida shaffof oyna ostida siz Qualcomm chipsetini ko'rishingiz mumkin. Uni esa burchakli "C" shaklidagi Halo nomli LED chirog'i o'rab turadi. Qizig'i shundaki, u smartfon holatiga ko'ra, shu bilan birga, o'zingizga moslab olsangiz bo'ladigan 25 xil ranglarda o'z tusini o'zgartira oladi va 5 xil tezlik sozlamalariga ega. Masalan, qurilma batareyasi 20% dan kamayganida qizil, SMS yoki boshqa bildirishnomalar kelganida yashil, 

Qo'shimchasiga smartfon televizor va shunga o'xshash qurilmalar uchun pul o'rnini bosadigan IR uzatuvchisi, kontaktsiz to'lovlar uchun NFC, ekran ostida joylashgan barmoq izini aniqlash skaneri, ikki fazali sovutish tizimi va X o'q chiziqli motor, ikkilik mikrofon va dinamiklarga ega.

Aloqa va ulanish borasida, smartfonda ikkilik 5G, Wi-Fi 6 va Bluetooh 5.2 texnologiyalari qo'llab-quvvatlanadi. 

Realme GT Neo 5 kompaniyaning GT smartfonlariga xos ikki chiziqli dizaynda binafsharangda, shuningdek, oq va jilosiz qora ranglarda quyida xotira konfiguratsiyalariga ko'ra narxlarda Xitoyda 15-fevraldan sotuvga chiqariladi:

150 Vt bilan:
Realme GT Neo 5 – 8/256 GB – 2599 yuan (≈383 dollar)
Realme GT Neo 5 – 12/256 GB – 2799 yuan (≈413 dollar) 
Realme GT Neo 5 – 16/256 GB – 2999 yuan (≈441 dollar)

240 Vt bilan:
Realme GT Neo 5 – 16/256 GB – 3199 yuan (≈472 dollar)
Realme GT Neo 5 – 16 GB +1 TB – 3499 yuan (≈516 dollar)

Albatta, smartfonlar uchun oldindan buyurtma berish boshlab yuborilgan va bunda 150 vattli modelga chegirma bilan buyurtma berish mumkin. Qutida smartfon quvvatlovchi adapter, USB kabel, maxsus keys, SIM karta ignasi va qo'llanmalar bilan keladi.

Realme rahbari GT Neo 5 global bozor uchun chiqarilishi rasman tasdiqladi.

O'QING: Xiaomi 13 Pro global versiyasi qachon chiqarilishi ma’lum bo‘ldi