27 iyul: Xiaomi Redmi Pro, «jajji do‘sti» va noutbuklarni qarshi oling

27 iyul: Xiaomi Redmi Pro, «jajji do‘sti» va noutbuklarni qarshi oling

Xiaomi rahbari Ley Szyun Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yaqinlashib kelayotgan 27 iyul kuni kompaniya o‘zining navbatdagi yangi gadjetni taqdim etishi haqidagi xabar e’lon qilindi. Gap qaysi gadjet haqida borayotgani e’lon qilinmagan.
Bir muddat avval ham Xiaomi kompaniyasi esa tez orada maksimal darajadagi, eng so‘nggi ilg‘or texnologiya bilan ta’minlangan yangi mobil vosita ishlab chiqarishini ma’lum qilgan edi. Ko‘pchilik insayderlar uning “Redmi Note 4” yoki “Redmi Pro ” deb nomlanishini ham taxmin qilmoqda. Redmi turkumi Xitoyda ommalashgan bo‘lib, 3 yil orasida kompaniya 110 million dona mazkur turdagi smartfonni sotgan.
androidauthority.com nashrida e’lon qilinishicha, Xiaomi tayyorlayotgan yangi Redmi Pro gadjeti “o‘rta daraja”li devayslar qatoridan joy olgan Redmi’ning takomillashgan talqini bo‘ladi. Kompaniyaning “maksimal darajadagi kuchli smarfton” orzusi foydalanuvchilarning diqqatini tortmoqda. Boisi, Xiaomi’ning hatto “o‘rta darajali” gadjetlari ham yetakchi flagmanlarga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.


Geekbench qurilmalar samaradorligini baholash benchmarkida ikkita bosh kamerali smartfonlar “Redmi Pro” nomi bilan 2 marotaba tekshiruv o‘tkazilgan. Bir muddat avval esa internetda Redmi Note 4 nomli qurilmaning tasdiqlanmagan suratlari tarqalgan edi.

Benchmark sinovi natijalariga suyanadigan bo‘lsak, Xiaomi’ning yangi gadjeti 2 gigagers chastota tezligida ishlaydigan Helio X20 (MT6797M) protsessorida faoliyat ko‘rsatadi. Shu bilan birga, devays 3 gigabaytli operativ xotira bilan ta’minlanadi. Smartfonning sinovdan o‘tgan boshqa talqini 2,5 gigagersli, 4 GB tezkor xotiraga ega MediaTek Helio (X25 MT6797T) protsessoriga ega. Uning doimiy ichki xotirasi 128 Gb.ni tashkil etadi.

GSMArena’da yozilishicha, Xiaomi kompaniyasi e’lon qilgan “ishora” suratida Redmi Pro 1920x1080 piksel sig‘imli OLED-displeyga, 2 ta bosh kameraga ega bo‘ladi. Ba’zi nashrlar unda olingan quyidagi suratlarni ham e’lon qilishga ulgurishgan.

Xiaomi kompaniyasi ham iyul oyi so‘ngida Redmi Pro bilan birga “sirli kichik do‘st”ni taqdim etishini ma’lum qilgan. Bu “do‘st”ning Pro talqinning kichik korpusli varianti bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Kompaniyaning Redmi Pro’ga 225 AQSh dollari narx qo‘yishi to‘g‘risida ma’lumotlar yuribdi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.