280 dollarlik Vivo V7 cyelfifoni taqdim qilindi

280 dollarlik Vivo V7 cyelfifoni taqdim qilindi

Sekin-asta quloqqa tanish bo‘lib borayotgan Vivo kompaniyasi bugun V7 smartfonini taqdim qildi. Bu gadjet avtoportret olishni xush ko‘rganlar uchun. Uning "fishkasi" ham 24 megapikselli aniqligidagi, f/2.0 aperturali, fotochaqnoqli, portret rejimiga ega old kamerasidir.

Vivo V7'ning apparat ta’minoti uchun Snapdragon 450 chipi, 4 Gb operativ va 32 Gb doimiy xotira mas’ul. 5,7 dyuymli, FullView ekranli displeyning piksel sig‘imi HD+ (1440x720 pikselli). Bu ekran old panelning 83,6% qismini egallab olgan. Korpus 4-avlod Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan.

Devaysning akkumulyator sig‘imi 3000 mA soat. Bosh kamera esa 16 megapikselli (f/2.0 diafragma). Smartfon Android 7.1 Nougat tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. microSD orqali doimiy xotirani kattalashtirish mumkin. Vivo V7 barmoq izlari skaneriga, Bluetooth, Wi-Fi va GPS modullariga ega.

O‘lchamlari: 149,3x72,8x7,9 mm, vazni -- 189 gramm.

Smartfon ayni paytda Osiyoning ba’zi davlatlarida 280 AQSh dollaridan sotilmoqda. Dekabrdan boshlab gadjet ommaviy ravishda bozorlarga chiqariladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.