3-avlod Apple Watch'lari innovatsion jihatga ega bo‘ladi

3-avlod Apple Watch'lari innovatsion jihatga ega bo‘ladi

Apple kompaniyasi joriy yilda yangi avlod Apple Watch "aqlli soat"larini namoyish qilishni reja qilmoqda. Bu soatlarning o‘ziga xosligi -- ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri mobil aloqa tarmoqlariga ulanadi. Ya’ni, endi bu soatlarda aloqaga chiqish uchun ularni iPhone flagmaniga ulashga ehtiyoj qolmaydi. Bu xabarni Bloomberg nashri ishonchli manbaasiga asoslanib tarqatmoqda.

Kompaniyaning hozirgi smart-votchlari musiqani olib uzatish, xaritani yuklab olish yoki xabar uzatishda iPhone bilan simsiz ulanishiga to‘g‘ri keladi.


Susquehanna Financial Group tahlilchisi Kristofer Rolland (Christopher Rolland) ham bir muddat avval Apple Watch'ning SIM-kartani, shuningdek, AirPods simsiz audio-quloqchinlarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

"Aqlli soat"da LTE chipining bo‘lishi unga mustaqil ravishda aloqa tarmog‘iga ulanish va smartfonsiz ham kerakli vzazifani amalga oshirish imkonini beradi. Misol uchun, foydalanuvchi yangi qo‘shiqlarni internetdan mustaqil yuklab olishi, onlayn ilovani soatning o‘zidan ochishi mumkin bo‘ladi.

LTE-modemlarni Apple'ga Qualcomm emas, Intel kompaniyasi yetkazib beradi. Soatlarning mobil aloqa tarmog‘iga bevosita ulanishi ularning ishlash samaradorligini, quvvatining uzoqqa yetishini ta’minlaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 3-avlod Apple Watch gadjetlari yangi iPhone flagmani bilan birga, sentyabrda taqdim qilinadi va kuzdan sotuvga chiqadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!