400 marotaba sig‘imliroq nano-batareya texnologiyasi kashf qilindi

400 marotaba sig‘imliroq nano-batareya texnologiyasi kashf qilindi

 

Mobil qurilmalar uchun ilg‘or akkumulyatorlar ishlab chiqarish ustida olib borilayotgan izlanishlar natijasida, AQShda quvvat sig‘imi ayni paytdagi quvvat toshlaridan 400 marotaba yuqoriroq bo‘lgan batareyalar yaratish texnologiyasi kashf qilingan.

Irvin Kaliforniya universiteti olimlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqot natijalari Amerika Kimyo jamiyatining jurnalida chop etilgan.

Mazkur texnologiya organik shishani eslatuvchi geldan tashkil topgan elektrolitga joylashtirilgan oltin nanoo‘tkzgichlarni marganets oksidi bilan qoplash evaziga kashf qilingan.

Nano-o‘tkazgich mobil qurilmalar uchun akkumulyator ishlab chiqarishda keng foydalanilayotgan juda ingichka provodnik bo‘lib, ular elektronlarni saqlash va uzatish vazifasini bajaradi.

Bugungi kungacha nano-o‘tkazgich simlardan foydalanishda yuzaga kelgan muammolar ularning sinuvchanligi, ya’ni mo‘rtligi va davriy quvvatlash sabab yuzaga kelar edi. Ular hozirgi an’anaviy litiy-ionli akkumulyatorlarda sinovdan o‘tkazilganida bu provodniklar tez ishdan chiqqan.

Akkumulyator ichida metall oksididan foydalanilgani ingichka simlarning pishiqligini ta’minlar ekan.

Ming marotaba tezkor quvvat olish imkoniga ega nano-o‘tkazgich simlar keyingi avlod mobil qurilmalarining akkumulyatorlarini almashtirishga zarurat qoldirmaydi.

Shu munosabat bilan, ushbu kashfiyotdan kompyuter, maishiy texnika vositalari, smartfonlar, elektromobillar va hattoki samoviy kemalar ishlab chiqarish sanoatida keng foydalanilishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!