5 000 mA/soat akkumulyatorli Redmi 8A 100 dollardan ham arzonroq narxda taqdim qilindi

5 000 mA/soat akkumulyatorli Redmi 8A 100 dollardan ham arzonroq narxda taqdim qilindi

Redmi 8A taqdimoti bilan Redmi brendining quyi toifa smartfonlari soni yana bittaga ko‘paydi.

O‘tgan yilgi Redmi 7A'ning davomchisi bo‘lgan yangi telefonning qator jihatlari takomillashtirilgan. Redmi 8A 6.22" IPS displey, 5 000 mA/soat sig‘imli akkumulyator va Xiaomi'ning yangi Aura Wave dizayniga ega.HD+ tiniqlikdagi displeyning yuqori qismida 8 megapikselli selfi kamerani o‘zida joylagan tomchi tirqish bo‘lsa, ustki qismi Gorilla Glass 5 oynasi bilan himoyalangan. Orqa panelga o‘tsak, bu tomonda bitta qo‘sh-PD avtofokusli 12MP f/1.8 Sony IMX363 kamerasi borligini ko‘ramiz. Smartfonga barmoq izi skaneri o‘rnatilmagan, biometrik ma’lumotlardan faqat Yuzni tanish bor.Korpus ostida Snapdragon 439 chipi, 2/3GB tezkor, 32GB doimiy xotira mavjud. Redmi 8A Android 9 Pie asosidagi MIUI 10'da ishlaydi, lekin tez fursatlarda MIUI 11 foydalanuvchi interfeysi tizim yangilanishi orqali taqdim qilinadi.5 000 mA/soat sig‘imga ega akkumulyatorni Type-C porti orqali 18 vattli zaryadlash texnologiyasi bilan quvvatlash mumkin. Lekin qadoqda 10 vattli adapter bo‘ladi. Qurilmada suvga chidamlilikning P2i darajasi, microSD va ikkita SIM karta uyasi, IR porti (pult uchun) va 3.5 mm audio jek bor.Gadjetni 30 sentyabrdan boshlab Xiaomi Hindiston va Flipkart orqali sotib olish mumkin bo‘ladi. Korpus ranglari gammasi Sunset Red, Ocean Blue va Midnight Blue'dan iborat. 2/32GB versiyali model 91 dollar, 3/32GB’li talqini esa 98 dollar turadi.

O‘QING: Redmi Note 8 global talqinda kutilmagan narxda taqdim qilindi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!