5 nanometrlik Snapdragon 875 protsessori TSMC bilan hamkorlikda ishlab chiqariladi

5 nanometrlik Snapdragon 875 protsessori TSMC bilan hamkorlikda ishlab chiqariladi

Qualcomm kompaniyasi Snapdragon 875 flagman platformasini ishlab chiqarishda TSMC bilan hamkorlik qilmoqchi. Bu haqda UBS o‘z hisobotida aytib o‘tgan.

Kompaniya o‘zining flagman protsessorlarini ishlab chiqarishda ikkita kompaniya bilan hamkorlik qilad: Samsung va TSMC. Ulardan birinchisi SD820 va SD835 bo‘lsa, ikkinchisi 7 nanometrlik Snapdragon 845 va 855. Aytilishicha, Snapdragon 865 uchun kontrakt Samsung bilan tuzilgan. Sababi ushbu kompaniyadagi 7 nm EUV texjarayoni TSMC’ning 7 nanometrlik texjarayonidan ustun kelgan. Biroq, keyingi avlod Qualcomm flagman protsessori TSMC konveyeriga qaytadi – Snapdragon 875 yangi 5 nanometrlik texjarayon asosida ishlab chiqariladi. Ushbu platforma 2020 yilning oxirlarida taqdim qilinishi rejalashtirilgan.

O‘QING: TOP-10: «Sun’iy ong»li smartfonlar protsessorlari reytingi