5G Moto Mod modulli Moto Z3 Play surati paydo bo‘ldi

  •   Saroy
  •  651
  •  28.05.2018 15:32

5G Moto Mod modulli Moto Z3 Play surati paydo bo‘ldi

Tez kunlarda Motorola kompaniyasi yangi moduldagi Z-seriyali smartfonini namoyish etadi. Ekspertlar ularning tasvirini tarmoqlarda payqashgan.

Ikkala suratda ham Moto Z3 Play va 5G Moto Mod moduli tasvirlangan. Smartfon tashqi ko‘rinishidan avvalgilariga o‘xshab ketadi. Kichik romli katta displey, qo‘sh kamera hamda yon tomonda barmoq izlari skaneri bor

O‘QING: Moto Z3 Play tavsifi va Motorola’ning dasturiy afzalliklari ma’lum bo‘ldi

Taassufki, 5G Moto Mod moduli haqda hozircha juda kam ma’lumotga egamiz. U ozroq qo‘shimcha batareyaga ham  o‘xshab ketadi va smartfon qalinligini sezilarli ravishda oshirgan.

Rasman tasdiqlanmagan xabarlarga qaraganda, Moto Z3 Play’ga 6-dyuymli AMOLED-displeyi o‘rnatilgan va u Full HD+ formatida. Tomonlar nisbati 18 ga 9. Smartfon faoliyatini Snapdragon 636 (Redme Note 5 Pro ham o‘ratilgan bo‘lishi mumkin) chipi ta’minlaydi. Bundan tashqari, qurilma  4 GB OZU, 32/64 GB PZU bilan jihozlanadi, asosiy kamerasi ikkitalik bo‘lib, 12 Mp + 8 Mp, batareya 3000 mAch va NFC-modulli.

Moto Z3 Play dastavval iyun oyining birinchi o‘n kunligida Braziliyada namoyish etiladi. Yangi qurilmaning narxi 400-500 AQSh dollari atrofida bo‘ladi.

O‘QING: Motorola 2016 yildayoq patentlagan buklama smartfon judayam antiqa!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!