5G tarmog‘ida ishlaydigan iPhone X ham chiqarildi!

  •   DiMaX
  •  1541
  •  23.12.2017 11:33

5G tarmog‘ida ishlaydigan iPhone X ham chiqarildi!

Apple korporatsiyasi o‘zining bir qator innovatsiyalarga ega iPhone X superflagmani bilan bu yil hammani hayratga solishga erishdi. Ammo u shuning o‘zi bilangina to‘xtab qolgani yo‘q, jumladan, kecha ma’lum bo‘lishicha, kupertinolik gigant bu smartfonining yangi modifikatsiyasini yaratibdi. Bu haqda Patently Apple resursi xabar bergan.

O‘QING: Apple: "iPhone X — bu hali boshlanishi!"

iPhone X yangi versiyasining asosiy o‘ziga xosligi – beshinchi avlod 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashidir. Xabarga ko‘ra, «olmali» korporatsiya Intel kompaniyasi bilan hamkorlikda eng yangi tarmoqlarda ishlay oladigan modem yaratish ishlarini olib bormoqda. Bu ishlarni 2018 yilda nihoyasiga yetkazish rejalashtirilgan.

Ko‘rinib turibdiki, Apple birinchilar qatorida o‘z mobil qurilmalarida 5G’ni qo‘llab-quvvatlash funksiyasini joriy etishga intilayotir. To‘g‘ri, bu borada boshqa kompaniya undan oldinlab ketib, allaqachon 5G-smartfon ishlab chiqargan.

O‘QING: Ilk haqiqiy 5G-smartfonni qaysi kompaniya taqdim qilganini eshitdingizmi?

Dunyoda birinchi to‘laqonli 5G tarmoqlari 2019 yili paydo bo‘lishi kutilmoqda. Ungacha esa turli mamlakatlar beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini sinab ko‘rish ishlarini olib bormoqdalar. Quvonarlisi – O‘zbekiston ham bu kabi innovatsion tendensiyalardan ortda qolmayapti.

O‘QING: UZMOBILE allaqachon 5G texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi

Yangi modifikatsiyadagi iPhone X modeliga qaytadigan bo‘lsak, undan hozirda bir nechta o‘n donasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, Apple xodimlari ularni sinovdan o‘tkazishadi. Bu birmuncha murakkab jarayon bo‘lib, beshinchi avlod tarmog‘ining oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan bir qator xususiyatlari bevosita ish jarayonida aniqlanadi, qurilma unga moslab sozlanadi va hokazo.

O‘QING: Telia Company Yevropadagi ilk ommaviy 5G tarmog‘ini ishga tushirdi