5G'li Redmi K30 qachon chiqishi aytildi

5G'li Redmi K30 qachon chiqishi aytildi

O‘tgan oy 5G texnologiyasiga ega Redmi K30 smartfoni chiqayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Mana, oradan deyarli bir oy o‘tib, Xiaomi bu gadjet qachon chiqishi haqidagi ma’lumotlarni o‘rtoqlashdi.

Taqdimot rejasi haqida Xiaomi Group vitse-prezidenti Lu Veibing (Lu Weibing) tomonidan Weibo'da xabar berildi. Janob Veibing, xitoychadan so‘zma-so‘z tarjima qilganda, "2020, Redmi 5G pioner. K30'ni ko‘ring!" deya yozgan.Postga Redmi qurilmalarining xitoylik boshqa raqiblar orasidagi pozitsiyasi aks etgan kichik jadval ham ilova qilingan.

Redmi K30 smartfoni qo‘sh-5G'ni ta’minlovchi Qualcomm 7250 chipiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Qurilmaga, shuningdek, xuddi Galaxy S10+ dagi kabi tiriqishga ega qo‘shlinzali selfi kamera o‘rnatilishi kerak.

Smartfon haqida boshqa ma’lumot hozircha mavjud emas. Biroq keyingi yil Xitoyda bo‘ladigan taqdimot yaqinlashishi bilan devays haqida batafsilroq bilib olamiz.

O‘QING: Xiaomi kutilmaganda antiqa gadjet taqdim qildi