6 GB “operativka”li Galaxy S8 narxi ma’lum bo‘ldi

6 GB “operativka”li Galaxy S8 narxi ma’lum bo‘ldi

Samsung kompaniyasi yaqindagina taqdim qilingan Galaxy S8 hamda S8+ flagmanlarining 6 gigabaytli tezkor xotira o‘rnatilgan talqinini ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Yangi talqinning doimiy ichki xotira sig‘imi 128 GB bo‘ladi. Ayni paytda Galaxy S8‘ning 4 GB tezkor xotirada ishlaydigan versiyasi taqdim qilingan.

Yangi talqin Xitoyda elektronika mahsulotlarini sertifikatlovchi TENAA muassasasi ro‘yxatidan o‘tkazilganiga qaraganda, koreyalik IT-gigant ushbu devayslarni Xitoy bozori uchun tayyorlamoqda. Nashrlarda yozilishicha, 6 GB tezkor xotiraga ega Galaxy S8+ smartfoni yanada qimmatroq bahoda bozorga chiqariladi.

Jumladan, ETNews nashrining yozishicha, 6/126 GB xotirali Galaxy S8+ Xitoyda $1,030 dollardan sotiladi. Avvaldan buyurtma bergan xitoyliklar smartfon bilan birga, 150 AQSh dollari turadigan, smartfondan personal kompyuter sifatida foydalanish imkonini beradigan DeX dok-stansiyasini sovg‘a sifatida olishadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.