6 oy o‘tdi: Yilning eng yaxshi smartfonlarini aniqlaymiz

6 oy o‘tdi: Yilning eng yaxshi smartfonlarini aniqlaymiz

Smartfon bozoridagi yangiliklar sur’ati tobora ko‘tarilib, raqobatga yangi modellar qo‘shilmoqda. 2017 aksariyat smartfonlari sekin-asta o‘z o‘rinlarini bo‘shatib berishmoqda.

2018 yilning o‘tgan 6 oyi mobaynidagi holatdan kelib chiqib, quyida yilning eng yaxshi sotilgan va kuchli mobil telefonlari to‘g‘risida ma’lumot berishga qaror qildik. Bu galgi reytingga Apple, Xiaomi kabi brendlarning yaxshi sotilayotgan modellarini kiritmaslikni ma’qul ko‘rdik.

10) HTC U12+ (925 AQSh dollari)

An’anaviy smartfon xarid qilish istagida bo‘lgan uchun ayni muddao. Ekran yuqorisida kesig‘i yo‘q va qayrilma displeyga ega bo‘lmagan, bizga qadrdon dizayn saqlab qolingan kuchli smartfon kerak bo‘lsa, marhamat!

Tayvanlik brend 6 dyuymli ekran uchun 2880 ga 1440 piksel (Quad HD+) sig‘imli displey tanlagan. Ekran tomonlarining nisbati 18:9 o‘lchamli. Ekran so‘nggi ayfon kabi HDR 10 funksiyasiga ega bo‘ladi, shuningdek Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplangan.

Joriy yilgi an’analar asosida 8 yadroli, 2,8 GGs chastotat tezligiga ega Qualcomm Snapdragon 845 protsessori platformadagi muhim apparat ta’minoti bo‘ladi. Grafik-tasvirlarni Adreno 630 video kartasi qayta ishlasa, aloqa sifati uchun X20 LTE modemi javob beradi.

6 GB tezkor hamda 64/128 GB doimiy xotira ko‘pchilik uchun ma’lumot saqlashda yetarli bo‘lsa kerak.

USB Type-C nafaqat ma’lumot almashish, balki elektr toki sig‘imi 3500 mA soat bo‘lgan akkumulyator batareyasini Quick Charge 3.0 (4.0) texnologiyasi asosida 45 – 55 daqiqa ichida tezkor quvvatlash uchun ham asqotadi.

Smartfon to‘rtta kamerasi (ikkita old va ikkita bosh), sezgir romlari bilan ham o‘ziga xos.

9) NOKIA 7 PLUS (462 AQSh dollari)

Nokia 7 Plus smartfoni 6 dyuymli IPS-ekranga ega bo‘lgan. Uning piksellar sig‘imi 2160 ga 1080 ta belgiga teng, ya’ni FHD+. Smartfon korpusi keramikadan tayyorlangan.

Bosh kamera qo‘sh sensorli - 12 Mp aniqligida. Gadjetning old kamera sig‘imi 5 megapikselli. Old kamera keng burchakli, ya’ni 84 gradusli suratlar oladi. Kameralarda Zeiss optika brendi ishlab chiqargan modullardan foydalanilgan.

Platforma samaradorligi uchun 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 660 protsessori xizmat qiladi. Uning chastota tezligi 2,2 GGs.

Nokia 7 Plus devaysida 4 GB operativ hamda 64 GB hajmidagi doimiy xotira mavjud. microSD yordamida xotirani 256 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin.

Akkumulyator sig‘imi ham yomon emas -- 3 800 mA soat.

 

8) MOTOROLA MOTO G6 PLAY (223 AQSh dollari)

Devays ekrani 5,7 dyuymli va 1080x720 piksel sig‘imli. Uning platformasida boshlang‘ich imkoniyatli Snapdragon 430 chipseti mavjud. Gadjet tezkor xotirasi 3 yoki 4 gigabaytli. Doimiy xotira esa 32 yoki 64 gigabaytli. Smartfon quvvati uchun tok sig‘imi 4000 mA/soat bo‘lgan akkumulyator tanlangan.

Devays bosh kamerasi 13 megapikselli sensorlardan iborat. Old kamera bo‘lsa 8 megapikselli.

Agar sizga juda arzon va zamonaviy ko‘rinishdagi, yupqa smartfon kerak bo‘lsa, unda ikkilanmang.

7) SONY XPERIA XZ2 (927 AQSh dollari)

Sony Xperia XZ2 modeli 5.7 dyuymli, Full HD+ (2160 x 1080) sig‘imli va LCD HDR-matritsali displey bilan ta’minlangan.

Platforma samaradorligi uchun Qualcomm’ning eng so‘nggi Snapdragon 845 protsessori, 4 gigabaytli tezkor va 64 gigabaytli doimiy xotira tanlangan. microSD orqali doimiy xotirani 400 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin.

Xperia XZ2 korpusi alyuminiy sinch bilan o‘rab olingan va displey 3D shakliga ega Corning Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan.

19 megapikselli sensorning aperturasi f/2.0 standartida. Bosh kamera fazali aniqlash, lazerli avtofokus, LED fotochaqnoq, gibrid avtofokus, 5 o‘qli barqarorlashtirish kabi funksiyalarga ega. Unda 4K sig‘imli HDR video tasvirga olish mumkin.

Xperia XZ2 bosh kamerasi sekinlashtirilgan rejimda sekundiga 960 ta kadr yozish imkoniga ega.

Old kamera 5 megapikselli va Sony’ning 3D model skanerlash texnologiyasi yordamida foydalanuvchi qiyofasining emojisini yaratishi mumkin.

Xperia XZ2 modeli Hi-Fi audio texnologiyasi va Qualcomm’ning aptX HD chipiga ega bo‘lgan va stereo dinamiklar ovozni “S Force” texnologiyasi bo‘yicha 20 foizga yaxshilab beradi.

6) LG G7 THINQ (794 AQSh dollari)

LG G7 ThinQ — kuchli va musiqiy smartfon. 6,1 dyuymli displeyning tomonlar nisbati bugungi kun uchun noodatiy — 19,5:9. Ekran sig‘imi 3120x1440 piksel (QHD+), har bir dyuymda 564ppi piksel to‘g‘ri keladi, yorqinlik darajasi 1000 nitgacha yetadi. IPS matritsali ekran old panelning 82,97% qismini egallab olgan.

Super Bright Display texnologiyasi — har bir pikselga qo‘shimcha oq piksel qo‘shilgan. Sozlamalarda ekran ustidagi o‘yiqni yopadigan funksiya mavjud.

Bu yil LG «shishador» trendni davom ettirgan va yangi gadjetning orqa panelini pishiq shishadan ishlagan. Korpus IP68 (MIL-STD-810G harbiy standarti) standarti asosida suv hamda changdan qo‘rqmaydi.

LG G7 TninQ foydalanuvchini o‘zining sifatli ovozi bilan hayratga soladi. Sifatli ovoz uchun 32 bitli Hi-Fi Quad DAC va 4 tomonlama raqamli-analog apparat ta’minoti javobgar. DTS X (sig‘imdor ovoz) va Boombox dinamigi o‘rtasidagi hamkorlik natijasida smartfon bas ovozni yetkazib beradi, shuningdek undagi ovozning boshlang‘ich darajasi 6 detsibeldan yuqori bo‘ladi.

LG yana bir zamonaviy trendni qo‘llab, flagmanida bosh kamera uchun qo‘sh sensor tanlagan. Old paneldagi 8 Mp aniqligidagi ob’yektiv uchun f/1.9 standartli apertura tanlangan. Old kamerada qiyofani tanish texnologiyasi joriy qilingan.

LG G7 ThinQ "yurakchasi"ga Snapdragon 845 flagman protsessori tanlangan. Smartfon 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotira bilan ta’minlangan.

LG G7+ ThinQ modeli esa 6 Gb tezkor va 128 Gb doimiy xotiraga ega bo‘lgan.

5) MOTOROLA MOTO G6 PLUS (356 AQSh dollari)

Uning ekrani 5,9 dyuymli va 2160 x 1080 piksel aniqligiga ega. Devays platformasiga o‘rta imkoniyatli Snapdragon 630 mas’ul. Smartfon tezkor xotirasi 4 yoki 6 GB, doimiy xotira 64 yoki 128 GB. Akumulyatorning tok sig‘imi 3200 mA/soat.

Devays bosh kamerasi — 12 va 5 megapikselli sensorlardan iborat. Uning old kamerasi 8 yoki 16 megapikselli (sotiladigan mintaqaga bog‘liq).

4) HONOR 9 LITE (263 AQSh dollari)

Moto G6 Play, ehtimol eng yaxshi va arzon smartfon bo‘lishi mumkin, biroq ozroq pul qo‘shib, Honor 9 Lite modelini xarid qilgan ham maqsadga muvofiq.

18:9 standartli cho‘zinchoq ekran misoli romsiz dizaynda tayyorlangan. Displey yorqin va flagmanlarniki kabi sifatli.

Honor 9 Lite displeyining diagonali 5,65 dyuym, sig‘imi esa 2160x1080 belgiga teng. Ekran tomonlarining nisbati 18:9 ga teng va u IPS matritsali. To‘g‘risi, har dyuymda 428ppi pikselning bo‘lishi barcha foydalanuvchilarni birdek xursand qiladi.

Korpus jozibador — Honor 9 Lite shishador, P Smart — metall (plastik uloqlar bor) xomashyosidan tayyorlangan.

NFC moduli ham bor.

Tezkor protsessor ilovalarni tezkor ochsa ham, "og‘ir" o‘yin o‘ynaganda sabrli bo‘lish kerak.

Akkumulyator bir sutkaga turib beradi.

Huawei Honor 9 Lite modeliga qo‘sh sensorli bosh kamera texnologiyasini ham ustalik bilan o‘zlashtirgan va bu gadjetida tatbiq qilgan. Hatto, bu gal selfilar uchun ham 2 ta kamera moduli o‘rnatilgan.

3) SAMSUNG GALAXY S9 (979 AQSh dollari)

Samsung Galaxy S9 modeli egallab turibdi. Samsung Galaxy S9 flagmani eng yaxshi kamera, sun’iy aql texnologiyasiga hamda kuchli himoyalangan tizimga ega bo‘lgani bilan avvalgi flagmanlardan ajralib turadi. Dizayn, kamera, animoji texnologiyalari – bular bari o‘ziga xos va yangilik. S9 modelida ekran diagonali  – 5.8 dyuym.

O‘qing: Galaxy S9/S9+ : superflagmanlarning siri!

2) ONEPLUS 6 (621 AQSh dollari)

6.28 dyuymli, 1080x2280 piksel sig‘imli ekran matritsasi Super AMOLED.

OnePlus 6 flagmani platformasi 2.45 Ggs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli Snapdragon 845 protsessori, 6/64 Gb yoki 8/128/256 Gb tezkor va doimiy xotirasidan iborat bo‘lgan.

Kamera masalasida esa, bosh kamera 16 megapikselli hamda 20 megapikselli sensorlardan tarkib topgan. Bosh kamera optik barqarorlashtirish, portret rejimi, sekundiga 60 kadrli 4K video olish jihatlariga ega bo‘lgan. O‘tgan yili taqdim qilingan OnePlus 5T modeliga nisbatan bu flagman qorong‘uda nisbatan yorqin suratlar oladi.

OnePlus 6 "super slow motion", ya’ni sekinlashtirilgan video olish funksiyasiga ham ega bo‘lgan. Old kamera uchun 16 megapikselli sensor tanlangan.

Qo‘sh SIM-kartali devays Android 8.1 boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Uning quvvati uchun 3300 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyator mas’ul.

1) HUAWEI P20 PRO (1,059 AQSh dollari)

Huawei P20 Pro smartfon sanoatida uchta ob’yektivli bosh kameraga ega bo‘lgan ilk smartfon hisoblanadi. Ulardan biri 40 megapiksel aniqligidagi surat oladi va 5 karralik gibrid yaqinlashtirish texnologiyasini taklif qiladi. Leica kompaniyasi ishlab chiqargan bunday kamera texnologiyasi hozircha smartfonda surat olishda jahonda ilg‘or.

Shu bilan birga, smartfon platformasiga javobgar bo‘lgan protsessor ham "sun’iy aql" funksiyasiga ega bo‘lgan.

Uchta sensor bosh kameraga uch karralik optik yaqinlashtirish hamda besh karralik gibrid yaqinlashtirish imkonini beradi. DxOMark laboratoriyasi ekspertlari ham Huawei P20 Pro kamerasining umumiy qobiliyatini, ya’ni ham surat, ham video tasvir olishini 109 ballga baholashgan. Hozircha smartfon sanoatidagi biror devays bunday yuqori ball olmagan.

Huawei P20 Pro'ning jihatlari:

Displey: 6,1-dyuymli, OLED matritsali, FullHD+ sig‘imli (2240x1080 pikselli) va tomonlar nisbati -- 18,5:9 standartli;

Chip: 8 yadroli, "sun’iy aql"ga ega Kirin 970;

Xotira: 6 GB tezkor va 128 GB doimiy;

Kamera: 16 Mp + 20 Mp + 40 Mp, f/1.6 + f/1.8 + f/2.4, 5 karralik yaqinlashtirish, old kamera 24 Mp, old kamerada ham portret rejimi bor;

Akkumulyator: 4000 mA soat;

Operatsion tizim: Android 8.1 Nougat'ning o‘zlashtirilgan EMUI 8.1 proshivkasi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.