80 soat qo‘shiq ayta oladigan smartfon – 175 dollarga!

  •   DiMaX
  •  1576
  •  11.09.2017 18:08

80 soat qo‘shiq ayta oladigan smartfon – 175 dollarga!

Fly savdo belgisi Rossiyada Power Plus FHD rusumli smartfonini sotuvga chiqarganini ma’lum qildi. Bu – kuchli akkumulyatorga ega Power Plus smartfonlar tizimining navbatdagi namoyandasidir.

Fly Power Plus FHD qurilmasiga 5000 mA/soat sig‘imli batareya o‘rnatilgan. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, smartfonda so‘zlashuv rejimida uning akkumulyatori 20 soatgacha, kutish rejimida esa 380 soatgacha chidab bera oladi. Shuningdek, unda tinimsiz 80 soatgacha audio tinglash mumkin – batareyasining sig‘imi bunga imkon beradi.

Ushbu gadjet diagonaliga 5,5 dyuym kattalikdagi, Full HD sifatli (1920 x 1080 pikselli) IPS-displey hamda 2.5D shisha bilan jihozlangan. Uning selfi-kamerasi 5 megapikselli, asosiy kamerasi esa 13 megapikselli tasvirlar suratga ola biladi.

Power Plus FHD’ga 1,5 gigagers chastotada ishlovchi 4 yadroli MediaTek MT6737T protsessori o‘rnatilgan. Uning tezkor xotirasi 2, ichki flesh-xotirasi esa 16 gigabayt hajmga ega. Bundan tashqari, 64 gigabaytgacha sig‘imli microSD formatidagi tashqi xotira kartasini ham qo‘yish mumkin.

Devays ikkita SIM-karta bilan ishlaydi, FM-radiosi ham bor. LTE, Wi-Fi (802.11 b/g/n), Bluetooth 4.1 hamda GPS simsiz interfeyslarini qo‘llab-quvvatlaydi. Korpusining o‘lchamlari 154,5 x 76,2 x 9,3 millimetrni, vazni esa 195 grammni tashkil etadi. Telefonga Android 7.0 Nougat operatsion tizim talqini o‘rnatilgan.

Fly Power Plus FHD Rossiyada 9 990 rubl (taxminan 175 AQSh dollariga teng) narxida chakana savdoga tavsiya etilgan.