89 dollarga tushar ekan: Kickstarter o‘zingiz ham samartfon yasay olishingizni aytmoqda

  •   Saroy
  •  613
  •  17.10.2018 09:48

89 dollarga tushar ekan: Kickstarter o‘zingiz ham samartfon yasay olishingizni aytmoqda

MakerPhone nomli to‘plam bilan istagan kishi o‘ziga telefon yasab olsa bo‘ladi, yana atigi 89 dollarga.

Hammadan ajralib turishni istaysizmi? Buning uchun iPhone’ning eng so‘nggi modelini hammaga ko‘z-ko‘z qilib yurishingiz ham mumkin, yoki bo‘lmasa o‘z qo‘lingiz bilan yasagan telefoningizni ham namoyishkorona olib yurishingiz mumkin. Bu arzon, o‘ziga xos, qolaversa o‘zingizga bo‘lgan ishonchni ham oshiradi. Xorvatiyalik CircuitMess startapining  MakerPhone konstruktori sizga shunday imkoniyat beradi.

Telefon yaratish uchun to‘plamga 1,8-dyuymli displey, sig‘imi 600 mAch bo‘lgan akkumulyator, 4 megabaytli xotira platasi va  128 ovoz platasida SD-karta, Wi-Fi, GSM va Bluetooth modullari, to‘rtpozitsiyali joystik, aossiy plata, shuningdek tugmachalar, svetodiodlar va albatta, ushbu matohlarni bir joyda saqlaydigan korpus kiradi. Telefon konstruktori 89 dollarga tushadi, uni kim  xohlasa,  2019 yil bahorda olishi mumkin.

Telefonni har kim o‘zining aqli yetganicha yig‘ishi mumkin. Kim hali elektronika ustasi emas ekan, ishlab chiqaruvchilar undaylarga telefonni yig‘ish bo‘yicha alohida yo‘riqnoma taqdim etadi.

Agar tezkor ravishda yig‘moqchi bo‘lsangiz, telefonni yig‘ish, sozlash va dasturlashni 7 soatda amallashingiz mumkin. Telefon arzonga tushadi lekin ko‘p funksiyani bajaradi: qo‘ng‘iroqdan tashqari, unda internetga kirish mumkin, musiqa tinglasa bo‘ladi va oddiy o‘yinlarni bemalol o‘ynaysiz.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!