969 000 so‘mdan boshlanuvchi Meizu smartfonlari narxlari (2018 yil 18 iyun) – Terashop.uz’dagi xaridingiz O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib beriladi!

  •   DiMaX
  •  3101
  •  18.06.2018 12:38

969 000 so‘mdan boshlanuvchi Meizu smartfonlari narxlari (2018 yil 18 iyun) – Terashop.uz’dagi xaridingiz O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib beriladi!

Yurtimizda rasmiy kafolat bilan sotilayotgan smartfonlar orasida Meizu mahsulotlari ham mavjud. Xuddi siz yaxshi bilgan Xiaomi korporatsiyasi qatori, bu smartfonsozning telefonlari ham sifat va narx uyg‘unligi borasida ancha yuqori baholanadi.

Meizu smartfonlarining sifati narxidan ustun ekanligini ko‘rsatuvchi omillar ko‘p. Jumladan, yaqinda uning bitta flagmani Apple’ning superflagmanini suratga olish sifati bo‘yicha ortda qoldirgan!

O‘QING: iPhone X’ni uyaltirgan smartfon

Xabaringiz bor – yaqinda ishga tushgan Terashop.uz internet-do‘konimizda tovarlar safi kengayib borayotir. Jumladan, Meizu smartfonlari ham endi u yerda onlayn xarid qilish imkoni mavjud. Mazkur gadjetlarning barchasiga bir yillik kafolat beriladi, to‘lovlarni esa naqd pulsiz ham amalga oshirish imkoni mavjud.

Terashop.uz internet-do‘konidan foydalanish juda qulay, unda xarid imkoniyatlari juda katta, tovarlar safi muntazam kengayib boradi. U yerda xaridlar uchun to‘lov usullari hamda yetkazib berish shartlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Elektron gadjetlar sotuvchilar uchun esa do‘konimiz hamkorlik taklif etadi.

Onlayn do‘konimizdagi har bir tovarning qisqacha tavsifi hamda suratlari berilgan. Tegishli devays bilan batafsil tanishish qulay bo‘lishi uchun, u haqda Terabayt.uz saytidagi tavsifga yo‘llovchi havolalar ham joylangan. Ya’ni, ushbu ikkita saytimiz o‘zaro integratsiya qilingan bo‘lib, tegishli gadjet haqidagi bitta saytimiz sahifasidan ikkinchisidagi sahifasiga o‘tish oson.

O‘QING: Elektron savdo: Shavkat Mirziyoyev jahondagi eng ilg‘or tajribani qo‘llashni buyurdi

Mana, Terashop.uz internet-do‘konimizda ayrim rusumlardagi Meizu smartfonlari narxlari quyidagicha (ro‘yxat narxlarning o‘sib borishi tartibida tuzilgan:

  1. Meizu M6 Black, 2/16 GB – 969 000 so‘m
  2. Meizu M5s 3/16 GB, Gold – 998 000 so‘m
  3. Meizu M6 Black, 2/32 GB – 1 058 000 so‘m
  4. Meizu M6 Note Black, 4/16 GB – 1 425 000 so‘m
  5. Meizu M6 Note Black, 3/32 GB – 1 547 000 so‘m
  6. Meizu M6s Black 3/32 GB – 1 596 000 so‘m
  7. Meizu M6 Note Black 4/64 GB – 1 792 000 so‘m

Yuqoridagi smartfonlardan istalgan birini xarid qilish yoki xususiyatlarini batafsil ko‘rish uchun, uning narxi ustiga bosib, unga joylangan havola orqali uning Terashop.uz internet-do‘konimizdagi sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

Darvoqe, ushbu kompaniya yaqinda o‘zining Meizu 15 turkumidagi flagmanlarini taqdim etgan bo‘lsa-da, undan keyingi avlod smartfonlarini ham tayyorlab ulgurgan. Ya’ni, bu smartfonsoz shu 2018 yilning o‘zidayoq ketma-ket ikki avlod flagman telefonlarini rasman namoyish etib, savdoga chiqarmoqchi.

O‘QING: Meizu 16 flagmanlari: narxlari ma’lum, tavsifi ham batafsil

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!