Acer geymerlar uchun g‘ayrioddiy noutbuk-transformer ishlab chiqdi (+video)

  •   DiMaX
  •  1899
  •  29.08.2018 19:26

Acer geymerlar uchun g‘ayrioddiy noutbuk-transformer ishlab chiqdi (+video)

31 avgustdan 5 sentyabrgacha Berlinda bo‘lib o‘tadigan IFA 2018 ko‘rgazmasining ochilishi oldidan Acer kompaniyasi ajoyib yangi gadjetini rasman namoyish etdi. Predator Triton 900 deb nomlangan ushbu qurilma ham noutbuk, ham planshet tarzida foydalanishga mo‘ljallangan.

O‘QING: Microsoft arzonlashtirilgan Surface Book 2 ishlab chiqardi

Predator Triton 900 – o‘yin o‘ynovchilarga moslashtirilgan o‘ziga xos transformerdir: uning ekrani mexanizatsiyalangan sharnirda o‘zining gorizontal o‘qi atrofida aylana oladi.

Devaysning sensorli displeyi 4K UHD formatida bo‘lib, Nvidia G-Sync texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Boshqa noutbuklardan asosiy farqi – klaviaturali asosini joyidan qo‘zg‘atmagan holda Predator Triton 900 ekranini foydalanuvchiga yaqin keltirish va unga qulay burchak ostida joylashtirish mumkin. Bundan tashqari, uni planshet rejimida ham ishlatsa bo‘ladi.

Ushbu noutbuk AeroBlade turkumidagi to‘rtinchi avlod 3D-ventilyatorlari yordamida sovitiladigan tizimga ega. Devaysning tachpadli mexanik klaviaturasi esa raqamli blok rejimiga ham o‘ta oladi.

Mana, Predator Triton 900 modeliga bag‘ishlab ishlangan rasmiy videoni bir ko‘ring – unga oshiq bo‘lib qolishingiz aniq:

Acer hozircha bu ishlanmasining texnik xususiyatlari borasidagi tafsilotlarni sir tutmoqda. Shuningdek, Predator Triton 900 narxi va savdoga chiqarilish vaqti ham noma’lum.

O‘QING: ASUS va MSI'da muammo: o‘yin noutbuklari xaridorlarini yo‘qotmoqda