Acer ultra keng ekranli monitorni sotuvga chiqardi

Acer ultra keng ekranli monitorni sotuvga chiqardi

Acer kompaniyasi allaqachon ulkan monitorlari bilan nom qozongan. Uning bu turdagi monitorlari qatori yana bir — XR382CQK modeli bilan boyidi. Ushbu monitor 38” dyuymli bo‘lib, uning piksel sig‘imi 3440x1600 belgiga teng. Monitor FreeSync — monitor va protsessor faoliyatini moslashtiruvchi texnologiyada 75 Gs.gacha bo‘lgan kadrlar chastota tezligini o‘qiy oladi.

XR382CQK modeli ultra keng hajmga ega bo‘lib, uning tomonlar nisbati 21:9 ni tashkil qiladi. Monitorning egrilik radiusi 2300R. Unda joriy qilingan qiziqarli texnologiyalaridan biri shuki, monitordagi “surat ichida surat” rejimi mavjud bo‘lib, uning yordamida monitorda bir vaqtning o‘zida bir nechta ishni bajarish mumkin.

Displey “ZeroFrame” dizayn uslubiga ega bo‘lib, ekran chekkasidagi hoshiyalar deyarli ko‘zga tashlanmaydi. Undagi IPS matritsa tasvirni yuqori yorqinlikda ko‘rish imkonini beradi. Monitor poyasi (podstavka) ekranni -5° dan +35° burchak ostigacha egishga imkon beradi. Ekranni 115 mm.gacha balandlatish mumkin. Monitordagi 2 ta 7 vattli karnay tovushni DTS texnologiyasi asosida uzatadi.

Acer qurilmaga monitorning ko‘zga zararini kamaytirib, undagi “ko‘k rang” miqdorini me’yoriga keltiruvchi va monitordagi miltillashni oldini oluvchi ComfyView texnologiyasini o‘rnatgan.

Monitor interfeysida HDMI 2.0, DisplayPort 1.2 va USB Type-C (Gen1) porti bo‘lib, ular sekundiga 5 Gb hajmdagi ma’lumotni o‘tkazadi. Shu bilan birga, USB 3.0 hab qurilmasi monitorga yana qo‘shimcha 4 ta port ulash imkonini beradi.

Monitor xalqaro bozorda 1300 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!