Acerning yangi geymerlari savdoga chiqmoqda

  •   Saroy
  •  1208
  •  24.05.2018 17:03

Acerning yangi geymerlari savdoga chiqmoqda

Hademay, yangi Predator Helios 300 va 500 noutbuklari, Predator Orion 3000 va 5000 shaxsiy kompyuterlari o‘z egalarini topsa ajabmas. Chunki, kuni kecha Acer kompaniyasi haqiqiy geymerlarga yangi noutbuk va shaxsiy kompyuterlarini namoyish etdi.

O‘QING: Acer Nitro 5 – olti yadroli Coffee Lake-H protsessoriga ega ilk o‘yinbop noutbuk takdim etildi

Predator Helios 300 va 500

Acer’ning Predator Helios 300 Special Edition noutbuki  144 Gs bo‘lgan 15,6-dyyumli Full HD  ekran,  Intel Core i7 8 chi avlod protsessori bilan jihozlangan, shuningdek u Nvidia GeForce GTX 1060 videokartasi va 16 gigabaytli tezkor xotira (eng ko‘pi 32 GB)ga ham ega. Bundan tashqari, SSD sig‘imi 512 GB gacha, NVM va HDD-xotira tashuvchisi  2 TB’gacha bo‘ladi. Ammo, ularning narxi qancha va chiqadigan kuni haqida hozircha ma’lum qilinmadi.

Acer Predator Helios 500  Full HD va chastotasi 144 Gs’ga yangilangan 17,3 dyuymli  4K-ekranga ega, 8 chi avloddagi Intel Core i9 protsessori bilan jihozlangan. Noutbukning videokartasi Nvidia GeForce GTX 1070, 64 gigabaytgacha tezkor xotiraga ega, qattiq diski 2 TB gacha   bo‘lgan Intel Optane, shuningdek,  NVM interfeysli  SSD – bularning barchasi qurilmaning imkoniyatlarini yanada oshirishga qaratilgan. Qurilmada Killer DoubleShot Pro tarmoq adapteri ham mavjud. Ushbu noutbuk may oxirida bozorga chiqariladi, narxi 1999 yevrodan boshlanadi.

O‘QING: Acer smartfon qalinligidagi qudratli ultrabukini taqdim etdi

Predator Orion 3000 va 5000

Acer geymerlar uchun yana ikkita shaxsiy o‘yin kompyuterini ham chiqardi. Ular  Predator Orion 3000 va 5000 modellaridir . Birinchisi GTX 1060 videokartali 8-chi avlod Intel Core i7 protsessoriga ega,  ikkinchisiga esa ikkita Nvidia GeForce GTX 1080 Ti videokarta joylashtirilgan. Predator Orion 3000 narxi 1299 yevrodan boshlanadi. 500-chi model uchun esa, kamida 1499 yevro to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!