Afsonaviy Nokia 3250 esingizdami? Vivo esa shunaqa form-faktorli smartfon patentladi!

  •   DiMaX
  •  1470
  •  18.07.2020 15:12

Afsonaviy Nokia 3250 esingizdami? Vivo esa shunaqa form-faktorli smartfon patentladi!

Sensor ekranli smartfonlar erasidan avvalgi – tugmachali telefonlar davrida Nokia kompaniyasi eng nufuzlilaridan biri edi. Uning o‘sha paytdagi ayrim modellarini hatto hozir ham zamonaviylashtirib chiqarishmoqda.

O‘QING: Kompaniyalar “imzosi”ga aylangan muvaffaqiyatli mobil telefonlar

Saytimizda bu kompaniyaning 15 ta afsonaviy mobil telefoni haqida maqola him chiqarganmiz. Shulardan biri Nokia 3250 modeli bo‘lib, klaviatura bloki 180 darajaga burila oladigan o‘ziga xos imijdagi telefon sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Uning klaviaturasining orqa tomonidan pleyerni boshqarish mumkin bo‘lgan menyu tugmalari o‘rin egallagan edi.

Endi esa Vivo kompaniyasi o‘sha form-faktorda smartfon uchun patent olgani ma’lum bo‘ldi. Patent hujjatlarida aks etgan chizmaga ko‘ra, qurilmaning pastki qismi 180 darajada buriladi.

Nokia 3250 hamda Nokia 5700 modellarida korpusning pastki – buriluvchi qismining old tarafida klaviatura joylashgan edi. Vivo tayyorlamoqchi bo‘lgan smartfonda ham shunaqa, lekin bu moddiy tugmachali klaviatura emas, balki ekrandagi sensor klaviaturadir.

Smartfon korpusining qayriluvchi qismi nimaga xizmat qilishi, uning amaliy ahamiyati noma’lum. Bundan tashqari, garchi patentlab qo‘ygan bo‘lsa-da, Vivo bunaqa smartfonni yaratishi va bozorga chiqarishi ham noaniqligicha qolmoqda.

O‘QING: Xiaomi dunyodagi eng antiqa smartfonni sota boshladi – atigi 69 dollardan! (+«jonli» video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!