Afsonaviy Nokia 6300 modeli va 8000 seriyasi qayta sotuvga chiqishi mumkin

Afsonaviy Nokia 6300 modeli va 8000 seriyasi qayta sotuvga chiqishi mumkin

Mish-mishlarga ko‘ra, HMD Global ikkita klassik Nokia modellarini qayta ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Ma’lumot uchun, ilgari afsonaviy 3310 va 8110 modellari ham qayta sotuvga chiqarilgan edi.

Qayta ishlab chiqarilishi aytilayotgan modellardan biri Nokia 6300'dir. Klassik dizaynga ega va zanglamas po‘latdan ishlangan pishiq korpusli ushbu model o‘z davrida biznesmenlar ishlatadigan telefon bo‘lgan. Hozirgi standartlarga qiyosan esa o‘z davrining o‘rta toifa qurilmasi hisoblangan.

Keyingi telefon esa aniq bir modelga asoslanmasdan, balki Nokia 8000 seriyasidan ilhomlanib yaratilgan ko‘rinadi. Nokia 8000 suriluvchi klaviaturaga ega edi va mana shu dizayni bois juda ommalashgan.

Masalan, 8910i modeli titandan ishlangan korpusga ega edi. 8800 Gold Arte esa 18 karat oltin bilan qoplangan bo‘lgan. Ayni modelning Sapphire Arte talqini bo‘lsa navigatsiya tugmalariga o‘rnatilgan safir marvaridiga ega edi.

Qayta ishlab chiqarilayotgan modellar HMD'ning hozirgi ba’zi lineykasi, masalan, 8110, 2720 Flip yoki 800 Tough'lar kabi KaiOS'da ishlaydimi-yo‘qmi bunisi hozircha noma’lum. Ammo shunisi aniqki, har ikki model 4G LTE aloqasiga ega bo‘ladi va bir necha hafta ichida taqdim qilinadi.

O‘QING: Afsonaviy Nokia haqida 20 qiziqarli fakt

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.