Afsonaviy Super Mario Bros o‘yinining kartriji auksionda rekord narxda sotildi

  •   DiMaX
  •  1260
  •  15.02.2019 10:59

Afsonaviy Super Mario Bros o‘yinining kartriji auksionda rekord narxda sotildi

Hali kompyuterlar ham, uyali telefonlar ham ommalashmagan davrlarda o‘yin pristavkalari juda mashhur edi. Turli o‘yinlar yozilgan kartrijlar pristavkalarga qo‘yib o‘ynalishi bugungi yosh avlod uchun kulgili ham tuyuladi.

O‘QING: iPhone va Android-smartfonlar uchun bepul Dr. Mario World o‘yini chiqyapti

Kuni kecha ana shunaqa kartrijlardan biri – 1985 yilda taqdim etilgan Super Mario Bros o‘yini yozilgani Heritage kimoshdi savdosida sotildi. Bu kartrij original qadog‘i buzilmagan holida saqlangan bo‘lib, hatto ustiga yopishtirilgan narx yorlig‘i ham olib tashlanmagan ekan. Bunaqa holatdagi topilma uchun esa kolleksionerlar katta pul berishga ham tayyorlar.

Shunday bo‘ldi ham – «Mario» haqidagi o‘yin kartriji naq yuz ming AQSh dollariga sotildi! Heritage vakillarining ta’kidlashlaricha, bu – o‘yin pristavkalari kartrijlari uchun to‘langan rekord miqdordagi narxdir.

Ushbu kartrij Nintendo Entertainment System (NES) o‘yin pristavkasi uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, bu konsol bizda ommalashmagan. Sobiq Ittifoq hududida uning kloni – «Dendi» ko‘proq tarqalgan edi.

O‘QING: D.I.C.E. Awards 2019: Eng zo‘r o‘yinlar mukofotlandi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!