Afsonaviy va qadrdon Counter-Strike’ni endi brauzerning o‘zidanoq o‘ynay olasiz!

  •   DiMaX
  •  5503
  •  17.06.2020 12:43

Afsonaviy va qadrdon Counter-Strike’ni endi brauzerning o‘zidanoq o‘ynay olasiz!

Nisbatan katta yoshli geymerlar orasida Counter-Strike 1.6 o‘ynab ko‘rmagan kishi bo‘lmasa kerak. Hozirda butun dunyo Counter-Strike: Global Offensive versiyasiga o‘tib ham ketgan.

O‘QING: Counter-Strike: Global Offensive o‘yini endi bepul bo‘lib, unga «Battle Royale» rejimi ham qo‘shildi!

Counter-Strike 1.6 talqinini esa endi brauzerda o‘ynash imkoniyati taqdim etildi. Buning uchun havaskorlar tayyorlagan loyihaning saytiga mana bu havola orqali kirish va avtorizatsiyadan o‘tish, keyin esa mos keluvchi o‘yin rejimi va xaritaga ega serverni tanlash kifoya.

O‘yinga ulanib, kerakli fayllar yuklangach, geymerning ko‘z oldida o‘sha afsonaviy shuter namoyon bo‘ladi. Garchi onlayn tarzda bo‘lsa-da, Counter-Strike 1.6 bemalol o‘ynaladi va butun dunyodagi geymerlar bunga ishtiyoq bilan kirishishgan.

Lekin bir jihatini esda tutish lozim: serverga ulanganda, o‘yin ayrim fayllarni kompyuteringizga vaqtincha yuklab oladi. Ular orasida ziyonkor dasturiy ta’minot ham tushib qolishi mumkin, ammo hozircha bundan hech kim shikoyat qilmagan.

O‘QING: 18 iyungacha naq sakkizta o‘yinni butkul olib qo‘yib, keyin bir umr bepul o‘ynang! (+videolar)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!