Agar iPhone 13'larning ekranini almashtirsangiz, eng muhim funksiyadan ayrilishga tayyor turing

Agar iPhone 13'larning ekranini almashtirsangiz, eng muhim funksiyadan ayrilishga tayyor turing

Bu yil Apple kompaniyasi iPhone 13 seriyasidagi smartfonlarning Face ID panelini kichraytirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, kompaniya e’lon qilmagan o‘zgarishlardan biri shundaki, qurilma displeyi Face ID tizimiga ulangan bo‘ladi - agar foydalanuvchi ekranni almashtirsa, Face ID ishlashdan to‘xtaydi. 

O‘QING: USB-C portiga ega bo‘lgan iPhone X sotuvga chiqdi 

Bu yerda aybdor Tic Tac chipi bo‘lib, ushbu chip ekranni plataga ulaydigan moslashuvchan kabelda joylashgan bo‘ladi. Ilgari smartfon ichida bunday chip bo‘lmas edi. Shuning uchun ishdan chiqqan ekranni yangisiga almashtirishda muammo yuzaga kelmas edi. 

Albatta, agar foydalanuvchilar ekranni rasmiy Apple'ning ta’mirlash markazida almashtirsalar, ushbu markazlarda ekranni qayta chipga sozlab berishning imkoni yaratilgan. 

Uchinchi tomon ta’mirlash markazlari esa faqatgina bir yo‘l bilan Face ID funksiyasini ishlashini ta’minlab bera oladilar. Buning uchun singan ekrandan chipni olib, yangi ekranga o‘rnatish kerak bo‘ladi. Bu juda murakkab jarayon, chunki ushbu chipning hajmi juda kichik. 

Bir nechta ta’mirlash ustaxonalarida ushbu jarayon amalga oshirildi. Biroq ularning ko‘pida Face ID ishlamadi. Shuningdek, bu juda ko‘p vaqt talab qiladigan murakkab jarayon ekanligi aytildi. 

Biroq, Apple ushbu muammoni dastur yangilanishi orqali tuzatishi ham mumkin. O‘tgan yili iPhone 12 qurilmalarining kamerlari almashtirilgandan so‘ng ishlamay qolgan edi. Ammo Apple yangi dasturiy ta’minot bilan ushbu muammoni bartaraf etgan edi. 

O‘QING: Canalys: 3-chorakda planshet yetkazib berish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 15% ga kamaydi