Akkumulyator avtonomligi: Apple iPhone 11 Pro Max vs Galaxy Note10+. Bu safar qaysi biri yutdi?

Akkumulyator avtonomligi: Apple iPhone 11 Pro Max vs Galaxy Note10+. Bu safar qaysi biri yutdi?

iPhone 11 lineykasining alqanayotgan jihati faqat uning kamerasi emas. Smartfonlarning akkumulyator avtonomligi ham anchayin takomillashtirilganligi hozirga qadar o‘z isbotini bir necha marta ko‘rsatdi. PhoneBuff nomli YouTube'chi Apple'ning iPhone 11 Pro Max'ini koreyslarning Galaxy Note10+ iga qarshi sinovdan o‘tkazdi. 

Galaxy'ning akkumulyatori iPhone'nikidan kattaroq, lekin displey rezolyusiyasi ham shunga yarasha. Note10+ ga 6.8 dyuymli 3040 x 1440 piksel kattaligiga ega displey joylangan bo‘lsa, kupertinoliklar o‘zlarining yangi smartfoni displeyi 6.5", 2688 x 1242 rezolyusiyali bo‘lishiga qaror qilgan. Boshqacha qilib aytganda, akkumulyatorlar sig‘imi borasidagi 331 mA/soat farq displey sabab yo‘q bo‘lib ketadi. Ma’lumot uchun, har ikki smartfonga mos ravishda 4 300 mA/soat va 3 969 mA/soat sig‘imga ega quvvat yig‘gich qo‘yilgan. 

Tabiiyki, Apple o‘zining dasturiy va apparat ta’minotini optimallashtira oladi. Bu esa, o‘z navbatida, iPhone 11 Pro Max koreyslarning flagmanini avtonom ishlash vaqti borasida osonlikcha "changida qoldir"ganiga hayranlammasa ham bo‘ladi, degani. PhoneBuff o‘tkazgan sinovda iPhone to‘liq quvvat bilan Note'dan ikki soat ko‘proq ishlay olgan.

Shunday qilib, yana bir YouTube'chining sinovida iPhone 11 Pro Max ekran doim yoniq bo‘lganda 11 soat-u 5 daqiqa ishlagan, avtomomligi esa 16 soatni tashkil qilgan. 

Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal. Mana, o‘zingiz ham guvoh bo‘lishingiz mumkin:

O‘QING: «Kelinni kelganda ko‘r...»: iPhone 11’lar bo‘yicha ommaviy shikoyatlar boshlandi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!