AKT yo‘nalishidagi Amiti universiteti kirish imtihonlari sanalarini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  669
  •  10.04.2020 12:01

AKT yo‘nalishidagi Amiti universiteti kirish imtihonlari sanalarini e’lon qildi

Toshkentdagi Amiti universiteti kirish imtihonlari sanalarini e’lon qildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

O‘QING: Inha universiteti birinchi imtihonga kirish hujjatlarini qabul qilish jarayonini uzaytirdi

Tasdiqlangan jadvalga asosan, kirish imtihonlari may, iyul va avgust oylarida o‘tkaziladi:

Tayyorlov umumiy kursiga (International Foundation Studies):

  1. Sanasi 2020 yil 30 may. Yozma test10:00-12.00. Intervyu (suhbat) – 13.00.
  2. Sanasi 2020 yil 18 iyul. Yozma test10:00-12.00. Intervyu (suhbat) – 13.00.
  3. Sanasi 2020 yil 15 avgust. Yozma test10:00-12.00. Intervyu (suhbat) – 13.00.

Bakalavr va magistratura yo‘nalishlariga:

  1. Sanasi 2020 yil 31 may. Yozma test10:00-12.00. Intervyu (suhbat)– 13.00.
  2. Sanasi 2020 yil 19 iyul. Yozma test10:00-12.00. Intervyu (suhbat) – 13.00.
  3. Sanasi 2020 yil 16 avgust. Yozma test10:00-12.00. Intervyu (suhbat) – 13.00.

O‘QING: O‘qituvchilar uchun maxsus tarif rejasi taqdim etildi!

Abituriyentlar bakalavr yo‘nalishing (Undergraduate) quyidagi mutaxassisliklari bo‘yicha imtihonlarni topshiradi:

  • Axborot texnologiyalari (Bachelor of Science in Information Technology);
  • Kompyuter texnologiyalari va injiniring (Bachelor of Technology (Computer Science & Engineering));
  • Iqtisodiyot (Bachelor of Arts (Honours) Economics);
  • Turizmni boshqarish (Bachelor of Arts (Tourism Administration);
  • Biznesni boshqarish (Bachelor of Business Administration).

Abituriyentlar magistratura (Postgraduate) yo‘nalishining quyidagi mutaxassisliklari bo‘yicha imtihonlarni topshiradi:

  • Axborot texnologiyalari (Master of Science in Information Technology);
  • Biznesni boshqarish (Master of Business Administration).

ESLATMA: Ro‘yxatga olish imtihon o‘tkazish sanasidan o‘n kun avval yopiladi!

Qabul bo‘yicha batafsil ma’lumotlar bilan tanishish uchun Amiti universiteti saytining tegishli bo‘limiga ushbu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Toshkentdagi maktab o‘quvchilari o‘zlari yasagan robotlarni Amiti universitetida namoyish etishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!