AKSIYa: himoyalangan NOMU S10 smartfoni 965 000 so‘mdan sotilyapti

  •   DiMaX
  •  3401
  •  10.01.2018 16:45

AKSIYa: himoyalangan NOMU S10 smartfoni 965 000 so‘mdan sotilyapti

AliExpress onlayn bozoridagi sotuvchilar vaqti-vaqti bilan aksiyalar o‘tkazib, muayyan modellardagi tovarlarga vaqtinchalik chegirmalar e’lon qilib turishlaridan xabaringiz bor. Hozirda shulardan biri mustahkam himoyaga ega NOMU S10 smartfonini 111,79 dollar narxida sotuvga qo‘ygan.

O‘QING: Sovuqdan qo‘rqmaydigan 9 smartfon

NOMU S10 modeli qishning qahratonidan, suvdan va boshqa noqulay sharoitlardan «qo‘rqmaydigan» smartfondir. Bu qurilma qat’iy harbiy standartlarga ko‘ra ishlab chiqilgan va baquvvat – 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Oddiy smartfon batareyalari sovuq ob-havo sharoitida sanoqli soatlardayoq quvvatini yo‘qotib qo‘yadigan bo‘lsa, NOMU S10 akkumulyatori har qanaqa qahratondayam zaryadni yaxshi ushlaydi. Bu esa devays korpusining maxsus izolyasiyali materialdan qilingani va qo‘shimcha rezina himoyaning sharofatidir.

Bu smartfon korpusi nafaqat IP68 standartiga ko‘ra suv va changdan himoyalangan, balki MIL-STD-810G harbiy standartiga ko‘ra zarbalardan ham muhofazalangan. 5 dyuymlik HD-ekrani ustiga ham Corning Gorilla Glass 3 himoya shishasi yotqizilgan.

Shuningdek, NOMU S10 samaradorligi ham kuchli qurilma hisoblanadi: «yuragi» – to‘rt yadroli MT6737T protsessori. Telefon 2 gigabayt hajmli tezkor hamda 16 gigabaytlik doimiy xotira bilan ta’minlangan. 8 megapikselli asosiy hamda 2 megapikselli old kameralari odatiy foydalanuvchi uchun yetarli. Xususan, uning arzonligini hisobga olsak, yuqoridagi xususiyatlari bilan bu eng maqbul variantlardan biri bo‘la oladi.

Ayni damda – 12 yanvargacha NOMU S10 modeli aksiya doirasida 111,79 dollar narxida sotilmoqda, bu esa taxminan 965 000 so‘mga to‘g‘ri keladi. Aksiya muddatidan keyin esa odatiy 129,99 dollar narxida olish imkoni bo‘ladi. Uning xususiyatlar haqida batafsil ma’lumot olish uchun mana bu havola orqali ishlab chiqaruvchining rasmiy saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Smartfonlar va sovuq harorat — bilishingiz kerak bo‘lgan haqiqat

NOMU S10 smartfonining asosiy xususiyatlari:

  • Himoya: IP68 standarti, MIL-STD-810G harbiy standarti;
  • Akkumulyator: 5000 mA/soat, litiy-polimerli, tezkor quvvatlanuvchi;
  • Kamera: 8 megapikselli Sony sensori;
  • Operatsion tizim: Android 7.0;
  • Protsessor: 4 yadroli, 64 bitli MT6737T;
  • Displey: 5 dyuymlik HD-ekran, Corning Gorilla Glass 3 himoya shishasi;
  • Xotira: 2 GB tezkor + 16 GB doimiy;
  • Dinamik: NXP SmartPA texnologiyasiga ega.

Agarda NOMU S10 smartfoni sizni qiziqtirib qo‘ygan bo‘lsa, mana bu havola orqali o‘tib, unga buyurtma berishingiz mumkin. Onlayn savdo masalasida tajribangiz yetarli bo‘lmasa yoki boshqa biror sabab bilan buyurtmani rasmiylashtira olmasangiz, bu borada bizning yordamimizdan foydalansangiz ham bo‘ladi.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!