AliExpress’dagi antiqa topilmalar

  •   DiMaX
  •  2119
  •  16.02.2017 16:49

AliExpress’dagi antiqa topilmalar

Butunjahon axborot tarmog‘i foydalanuvchilari orasida AliExpress internet-bozorini bilmaydigan odam kam uchrasa kerak. Unda turli-tuman narsalar sotiladi, Layfxaker sayti esa saytda uchrab qolgan qiziqarli va arzon mollar ro‘yxatini e’lon qilgan.

Stol gilamchasi

Kompyuter yoki noutbuk oldiga ham qo‘ysa bo‘ladigan, yumshoq va qo‘lga yoqimli teguvchi materialdan qilingan katta gilamcha. Uning ichiga qog‘ozlar solib qo‘yish mumkin, biryo‘la sichqoncha uchun gilamcha vazifasini ham o‘taydi.

Kolonka

Namlikdan himoyalangan simsiz kolonka. Smartfon, planshet yoki noutbuk uchun ham yaxshigina hamroh.

Radioboshqaruvli mashinacha

Ko‘rinishidan oddiygina tuyulsa-da, u devorda, hatto shiftda yura oladi!

TV-tyuner

Android tizimida ishlovchi smartfonlar uchun DVB-T2-tyuner

Qaydlar uchun tasma

Ha, turli – hatto qaydlarni ham yozishga qulay, o‘ram shaklidagi qaydtasma.

Ichimliklar uchun toshchalar

Ichimliklarni sovitish uchun ular ichiga solish mumkin bo‘lgan kubik shaklidagi toshchalar. Shu vazifadagi muzlardan farqli ravishda, bu toshchalar ichimlik ta’mini o‘zgartirmaydi.

Ovoz kartasi

Kompyuterlar uchun tashqi ovoz kartasi. Ichki ovoz kartasi buzilib qolganda rosa ish beradi-da!

Akkumulyatorlar

AA standartidagi bu akkumulyatorlar tashqi ko‘rinishidan oddiygina tuyulsa-da, USB orqali quvvatlantirilishi bilan ajralib turadi.

Silikon tirqishli qopqoq

Oshxona ishlarida juda kerak bo‘ladigan matoh – mikser yoki qo‘lda ushlaydigan blender ishlatganingizda, atrofga hech nima sachrab ketmaydi.

Geympad

Smartfon yoki planshetda o‘yin o‘ynashni qulaylashtiruvchi mobil geympad – rosa yoshlarbop narsa.

Kolonka

Turli ranglarda yonib-o‘chadigan ixcham Greentooth-kolonka.

Belbog‘ sumkachasi

Turli mayda-chuydalarni, shumladan smartfonlarni ham solib yurishga moslashgan sumkacha. U neopren materialidan ishlangan bo‘lib, ter yoki yomg‘irdan namlanib qolmaydi.

Yorug‘lik-diodli chiroq

Yorqinligi kuchli fonar. Uni stolga qo‘yish, ilmoqcha yoki magnit yordamida biror joyga ilish mumkin.

Bankalar uchun nakleykalar

Shaffof idishlarga yopishtirishga judayam qo‘l keladi.

Smartfon uchun ushlagich

Avtomobil ichiga o‘rnatishga qulay, universal aylanuvchi ushlagich.

Lanchboks

Jamlanma ichida vilkasiyam bor bo‘lgan ixcham lanchboks – ovqat uchun idish. Bo‘shatgach, konteynerni siqib yapaloq shaklga keltirib qo‘yishingiz mumkin. Bu holida u sumkangizda juda kam joy oladi.

Qo‘l soati

Erkaklar uchun juda mos – erkakcha ko‘rinishga ega qo‘l soati.

Eslatma: Agarda bularni ko‘rib, siz ham AliExpress’dan biror nima xarid qilishni xohlab qolsangiz, u holda bizning menedjerimiz sizga maslahat yoki amaliy yordam berishi mumkin. Bog‘lanish uchun telefon raqami: +99897-999-62-65.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!